Сборник V международной
O’ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN DELPHINIUM OREOPHILUM
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dolzarbligi. Delphinium
- Material va uslublar.
O’ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN DELPHINIUM OREOPHILUM
HUTH O’SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN DITERPEN ALKALOID VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI Axunova1 X.I., Mukarramov2 N.I., AbduHayev1Sh.V. Namangan davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti 2O ’zR FA S.Yu. Yunusov nomidagi O ’simlik moddalari kimyosi instituti tel: +99890 920 68 90. e-mail: ahunova.hilola@yandex.ru Dolzarbligi. Delphinium L (Ranunculaceae) o ’simligi dunyoda 350 dan ortiq, O ‘zbekistonda 22 turi uchraydi . Delphinium turkumidan asosan C18, C19 va C20-diterpen alkaloidlari hamda ko’plab boshqa sinf birikmalari aniqlangan . Delphinium L. turlari dunyo tibbiyot amaliyotida muhim o’simliklardan hisoblanadi. Masalan, u xalq tabobatida revmatizm va nevralgiyani davolash uchun uzoq vaqt davomida foydalanilgan. Ushbu o’simlikdan aniqlangan diterpen alkaloidlar va uning hosilalari o ’pka (A549), vinkristinga chidamli nazofarengeal (KB-VIN), prostata (DU145) va uch marta manfiy ko’krak saratoni (MDA-MB-231) saraton hujayralari liniyalariga qarshi sitotoksik va yallig’lanishga qarshi faolligi aniqlangan. Maqsad. Tibbiyot uchun ahamiyatli bo’lgan Delphinium oreophilum Huth o ’simligidan diterpen alkaloidlari ajratib olish va biologik faolligini o ’rganish. Material va uslublar. D. oreophilum o’simligining yer ustki qismi, Zomin tog‘ yonbag‘irlaridan 2018-yil iyul oyida terilgan va salqin joyda quritilgan. O ’simlikning 2.8 kg quruq massasi ekstraktsiya qilindi va ekstrakt xromatografik kalonkalardan o ’tkazish orqali o ’simlik tarkibidagi diterpen alkaloidi toza xolda ajratib olindi. Olingan namuna mass spektrometriya va YaMR (1H, 13C) spektroskopiya orqali tahlil qilindi. Natija. O’simlikni 70% li etanolda 25 l dan 2 marta ekstraktsiya qilindi. Olingan ekstrakt quritildi va quruq qoldiq suvda eritilib suspenziya tayyorlandi, so’ng etilatsetat va xloroformli fraksiyalarga ajratildi. Xloroformli fraksiya (22 gr) selikogelli kalonkaga qo’yildi va xloroform:metanol (19:1, 9:1, 7:1) sistemalarida 6 ta fraksiyaga ajratildi. Shulardan 6-fraksiya xloroform:metanol:dietilamin sistema orqali 126 qayta kalonkadan o ’tkazildi va 5 ta fraksiyaga bo’lindi. Shundan 4-fraksiya xloroform:metanol sistemada qayta tozalash uchun kalonkaga qoyildi va toza modda ajratib olindi. Olingan moddaning tuzilishi mass va YaMR (Щ, 13C) spektrlari orqali aniqladi va delectinine C19-diterpen alkaliodi ekanligi isbotlandi. Delectinine AChE va BChE (inhibisyon)ga nisbatan sezilarli faollik ko’rsatgan va atsetilxolinstraza va butirilxolinstraza bilan bog’liq patologiyalarni davolashda keyingi farmakologik tadqiqotlar uchun etakchi nomzod sifatida tafsiya etilgan . Hulosa. D. oreophilum o ’simligidan delectinine C19-diterpen alkaloid ajratib olindi. Tuzilishi fizik- kimyoviy usullarda isbotlandi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling