Сборник V международной


O’ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN DELPHINIUM OREOPHILUM


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   355
Bog'liq
ibn sino

O’ZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN DELPHINIUM OREOPHILUM 
HUTH O’SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN DITERPEN ALKALOID 
VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Axunova1 X.I., Mukarramov2 N.I., AbduHayev1Sh.V.
Namangan davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakulteti 
2O ’zR FA S.Yu. Yunusov nomidagi O ’simlik moddalari kimyosi instituti 
tel: +99890 920 68 90. e-mail: ahunova.hilola@yandex.ru
Dolzarbligi. 
Delphinium L (Ranunculaceae) o ’simligi dunyoda 350 dan ortiq, O ‘zbekistonda 22 turi 
uchraydi . Delphinium turkumidan asosan C18, C19 va C20-diterpen alkaloidlari hamda ko’plab boshqa sinf 
birikmalari aniqlangan . Delphinium L. turlari dunyo tibbiyot amaliyotida muhim o’simliklardan hisoblanadi. 
Masalan, u xalq tabobatida revmatizm va nevralgiyani davolash uchun uzoq vaqt davomida foydalanilgan. 
Ushbu o’simlikdan aniqlangan diterpen alkaloidlar va uning hosilalari o ’pka (A549), vinkristinga chidamli 
nazofarengeal (KB-VIN), prostata (DU145) va uch marta manfiy ko’krak saratoni (MDA-MB-231) saraton 
hujayralari liniyalariga qarshi sitotoksik va yallig’lanishga qarshi faolligi aniqlangan.
Maqsad. 
Tibbiyot uchun ahamiyatli bo’lgan Delphinium oreophilum Huth o ’simligidan diterpen 
alkaloidlari ajratib olish va biologik faolligini o ’rganish.
Material va uslublar. 
D. oreophilum o’simligining yer ustki qismi, Zomin tog‘ yonbag‘irlaridan 
2018-yil iyul oyida terilgan va salqin joyda quritilgan. O ’simlikning 2.8 kg quruq massasi ekstraktsiya 
qilindi va ekstrakt xromatografik kalonkalardan o ’tkazish orqali o ’simlik tarkibidagi diterpen alkaloidi toza 
xolda ajratib olindi. Olingan namuna mass spektrometriya va YaMR (1H, 13C) spektroskopiya orqali tahlil 
qilindi.
Natija. 
O’simlikni 70% li etanolda 25 l dan 2 marta ekstraktsiya qilindi. Olingan ekstrakt quritildi 
va quruq qoldiq suvda eritilib suspenziya tayyorlandi, so’ng etilatsetat va xloroformli fraksiyalarga 
ajratildi. Xloroformli fraksiya (22 gr) selikogelli kalonkaga qo’yildi va xloroform:metanol (19:1, 9:1, 7:1) 
sistemalarida 6 ta fraksiyaga ajratildi. Shulardan 6-fraksiya xloroform:metanol:dietilamin sistema orqali
126


qayta kalonkadan o ’tkazildi va 5 ta fraksiyaga bo’lindi. Shundan 4-fraksiya xloroform:metanol sistemada 
qayta tozalash uchun kalonkaga qoyildi va toza modda ajratib olindi. Olingan moddaning tuzilishi mass va 
YaMR (Щ, 13C) spektrlari orqali aniqladi va delectinine C19-diterpen alkaliodi ekanligi isbotlandi.
Delectinine AChE va BChE (inhibisyon)ga nisbatan sezilarli faollik ko’rsatgan va atsetilxolinstraza 
va butirilxolinstraza bilan bog’liq patologiyalarni davolashda keyingi farmakologik tadqiqotlar uchun 
etakchi nomzod sifatida tafsiya etilgan .
Hulosa. D. oreophilum o ’simligidan delectinine C19-diterpen alkaloid ajratib olindi. Tuzilishi fizik- 
kimyoviy usullarda isbotlandi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling