Сборник V международной
PUNICA GRANATUM URUG’INING KIMYOVIY TARKIBI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitaminlar va makro - mikroelementlar (100 gr)
PUNICA GRANATUM URUG’INING KIMYOVIY TARKIBI
VA SHIFOBAXSHLIK HUSUSIYATLARI Rahmatullaev I.R., Yakubov I.Yu., Nazirtosheva R.M., Axmedova Z.K. F a rg ’ona jam oat salomatligi tibbiyot instituti Punika granatum ya’ni anor xalq tabobatida bir qancha hastaliklami davolashda keng foydalanib kelingan. Jumladan uning mevasi, po’stlog’i va guli istisqo (vodyanka), qo’tir, yo’tal, ichburuq va sariq kasalliklariga davo sifatida qo’llaniladi. Uning sharbati shamollash, zangila (lavsha, tsinga), ishtaxani ochuvchi, kamqonlik, ateroskleroz, bronxial astma, angina va diabet kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Anorning po’stini choyga qo’shib ichilsa, u uyqusizlik dardiga uchraganlarga va asab tizimi toliqqan va stress holatda yurgan insonlarga foydalidir. Shuni aytib o ’tish joizki, anor ovqat ratsioniga kiritilgan bo’lsa va uni iste’mol qilib turilsa, yurak hastaliklari yuzaga kelishini va ayollar ko’krak raki xastaligini oldini olishi mumkin. Anor donalari esa yuqori qon bosimli kasallar uchun juda foydali, u bosimni sekin- asta tushishiga yordam beradi. Shularni xisobga olib, anor mevasining tarkibi o ’rganilganda vitamin va makro - mikro elementlarga boy ekanligi aniqlanildi. Vitaminlar va makro - mikroelementlar (100 gr) Vitamin E 0,55 mg Kaltsiy 9,0 mg Vitamin K 16,2 mkg Temir 0,2 mg Vitamin C 10,8 mg Magniy 13,0 mg Vitamin B1 0,1 mg Fosfor 34,0 mg Vitamin B2 0,1 mg Kaliy 232,0 mg Vitamin B3 0,2 mg Natriy 2,0 mg Vitamin B4 7,1 mg Rux 0,3 mg Vitamin B5 0,4 mg Mis 0,2 mg Vitamin B6 0,1 mg Marganets 0,1 mg Vitamin B9 38,0 mkg Selen 0,6 mkg Shuningdek anor mevasi organizmdagi oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi. Faringit, gingivit, stomatit, bronxial astma kasalliklarida davo bo’ladi, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar ovqatlanishdan avval anor sharbatini iste’mol qilsalar, qondagi qand miqdori kamayadi. Anor qon bosimini tushiradi. Choyga qo’shib ichilsa, asabni tinchlantirib, tungi uyquni m e’yoriga keltiradi. Buyrak, quloq, ko’z va ginekologik a’zolar yallig’lanishining oldini oladi. Anor siydik haydovchi vosita bo’lib, ayniqsa, nordoni buyrak va siydik yo’lidagi toshlarni tushirishda yordam beradi. Ishtahani ochadi. Tish og’rib qolsa, anor va uning po’stlog’ini asalga aralashtirib iste’mol qilish foydalidir. Shuni eslatib o ’tishimiz kerakki, oshqazon yara kasalligi mavjud insonlarga anorni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki uning nordon navlarida kislotalilik yuqori bo’ladi. Anor sharbatini ichish tishlar emalini yemirilishiga olib kelishi sababli, unga ozgina qaynatilgan suv qo’shib ichish maqsadga muvofiqdir. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling