Dolzarbligi.
Butun dunyoda, shu jumladan, mamlakatimizda atrof-muhitdagi va boshqa turli
o ‘zgarishlar ta’sirida xavfli o ‘sma kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari keskin ortib bormoqda.
Xalqaro saratonni o ‘rganish agentligi (IARS - International Agency for Research on Cancer) tomondan
tayyorlangan GLOBOCAN 2020 ma’lumotlariga qaraganda, butun dunyoda 2020-yilda 19,3 mln saraton
kasalligi va 9,9 mln o‘lim holatlari qayd qilingan. Unga ko‘ra kasallanish korsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinda
sut bezi saratoni (11,7%), 2-o‘rinda o ‘pka saratoni (11,4%) va keyingi o ‘rinlarda kolorektal saraton, prostata
bezi saratoni kasalligini tashkil etadi. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinda o ‘pka saratoni (18%), keyingi
o ‘rinlarda kolorektal saraton va jigar saratoni kasalliklari egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini muomalasini ta’minlashning qonuniy asoslari yaratilgan
bo‘lib, ular aholini dori vositalariga bo‘lgan talabini amalga oshirilishga qaratilgan.
Maqsad.
Respublikamizda onkologik kasalliklarni davolashda dori vositalari ta’minoti va iste’molini
takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy huquqiy hujjatlar tahlilini amalga oshirish va ularni
o ’rganishdan iborat.
Usul va uslublar.
Tahlil respublikamiz qonun hujjatlari milliy bazasi “lex.uz” va “norma.uz”
ma’lumotlari asosida amalga oshirildi.
Natijalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4-apreldagi 2866-son “2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik
yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi 892-sonli «Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |