Сборник V международной
LIPOY KISLOTANING BETTA-SIKLODESKTRIN VA 2-GIDROKSIPROPIL
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dolzarbligi
- Maqsad.
LIPOY KISLOTANING BETTA-SIKLODESKTRIN VA 2-GIDROKSIPROPIL
BETTA - SIKLODEKSTRIN BILAN SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALARI SINTEZI Hakimov Sh.D., Sharipov A.T. Toshkent farmatsevtika institute e-mail:hakimovshavkat1998@gmail.com, tel. (99)351-98-42 Dolzarbligi: Dunyo miqyosida qandli diabet bilan yashaydigan insonlar soni 422 million (2014 yil) bo’lib, oxirgi yillarda bu bilan kasallanish jadal tarzda o ’sib bormoqda. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti m a’lumotlariga ko’ra, qandli diabetning yuqori darajada ko’payishi past va o’rta daromadli mamlakatlarda kuzatilmoqda. Shuningdek, qonda glyukoza miqdorining yuqori bo’lishi, yurak-qon tomir, ortiqcha vazn kabi boshqa kasalliklar xavfini oshiradi. Bu esa o ’z navbatida aholi orasida o ’lim sonining ortishiga olib keladi. Lipoy kislota - kuchli antioksidant bo’lib, uning bu xossasidan diabet, ateroskleroz, jigar va oksidlovchi stress bilan bog’liq patologiyalarni davolashda keng qo’llaniladi. Uning tarkibida 2 ta oltingugurt atomlari mavjud va bu guruhlar oson oksidlanishga moyilligi juda yuqori. Shuningdek, uning suvda eruvchanligi ham ancha past. Uning bu xossalari undan foydalanishni m a’lum darajada cheklaydi. Shunga ko’ra, lipoy kislotaning biologik faolligini saqlab qolgan holda uning barqaror va suvda eruvchan birikmalarini olish dolzarb vazifa. Maqsad. Lipoy kislotaning betta-siklodesktrin va 2-gidroksipropil betta - siklodekstrin bilan supramolekulyar birikmalarini sintez qilish. Usul va uslublar. Dastlab lipoy kislotaning etilendiaminli tuzidan 0,1875 g o ’lchab olinib, stakanga o ’tkazildi va 10 ml tozalangan suv yordamida eritildi. Alohida 100 ml hajmli stakanga 1,4 g 2-gidroksipropil P - siklodekstrin moddasi solindi hamda 30 ml tozalangan suv solindi. Stakan magnitli aralashtirgichga qo’yib xona haroratida erib ketguniga qadar 500 aylanish/daq tezlikda aralashtirildi. Hosil qilingan eritmaga doimiy aralashtirilib turgan holda, ustiga tomchilatib (10 tomchi/daq) oldindan tayyorlab olingan lipoy kislota etilendiaminli tuzining eritmasi qo’shildi. Reaksiya 25±2 harorat, 500 aylanish/daq tezlikda 2,5 soat davomida olib borildi. Reaksion muhitda lipoy kislota tuzidan erkin kislota hosil qilish uchun eritmaga 1 mol/l xlorid kislota eritmasidan pH 6 bo’lguniga qadar oz-ozdan qo’shib borildi. Lipoy kislotaning betta- siklodekstrin bilan supramolekulyar birikmasi ham xuddi uslubda sintez qilindi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling