Сборник V международной


LIPOY KISLOTANING BETTA-SIKLODESKTRIN VA 2-GIDROKSIPROPIL


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/355
Sana08.08.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1665910
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   355
Bog'liq
ibn sino

LIPOY KISLOTANING BETTA-SIKLODESKTRIN VA 2-GIDROKSIPROPIL 
BETTA - SIKLODEKSTRIN BILAN SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALARI
SINTEZI
Hakimov Sh.D., Sharipov A.T.
Toshkent farmatsevtika institute 
e-mail:hakimovshavkat1998@gmail.com, tel. (99)351-98-42
Dolzarbligi: Dunyo miqyosida qandli diabet bilan yashaydigan insonlar soni 422 million (2014 
yil) bo’lib, oxirgi yillarda bu bilan kasallanish jadal tarzda o ’sib bormoqda. Butun jahon sog’liqni saqlash 
tashkiloti m a’lumotlariga ko’ra, qandli diabetning yuqori darajada ko’payishi past va o’rta daromadli 
mamlakatlarda kuzatilmoqda. Shuningdek, qonda glyukoza miqdorining yuqori bo’lishi, yurak-qon tomir, 
ortiqcha vazn kabi boshqa kasalliklar xavfini oshiradi. Bu esa o ’z navbatida aholi orasida o ’lim sonining 
ortishiga olib keladi. Lipoy kislota - kuchli antioksidant bo’lib, uning bu xossasidan diabet, ateroskleroz
jigar va oksidlovchi stress bilan bog’liq patologiyalarni davolashda keng qo’llaniladi. Uning tarkibida 2 ta 
oltingugurt atomlari mavjud va bu guruhlar oson oksidlanishga moyilligi juda yuqori. Shuningdek, uning 
suvda eruvchanligi ham ancha past. Uning bu xossalari undan foydalanishni m a’lum darajada cheklaydi. 
Shunga ko’ra, lipoy kislotaning biologik faolligini saqlab qolgan holda uning barqaror va suvda eruvchan 
birikmalarini olish dolzarb vazifa.
Maqsad. Lipoy kislotaning betta-siklodesktrin va 2-gidroksipropil betta - siklodekstrin bilan 
supramolekulyar birikmalarini sintez qilish.
Usul va uslublar. Dastlab lipoy kislotaning etilendiaminli tuzidan 0,1875 g o ’lchab olinib, stakanga 
o ’tkazildi va 10 ml tozalangan suv yordamida eritildi. Alohida 100 ml hajmli stakanga 1,4 g 2-gidroksipropil 
P - siklodekstrin moddasi solindi hamda 30 ml tozalangan suv solindi. Stakan magnitli aralashtirgichga 
qo’yib xona haroratida erib ketguniga qadar 500 aylanish/daq tezlikda aralashtirildi. Hosil qilingan eritmaga 
doimiy aralashtirilib turgan holda, ustiga tomchilatib (10 tomchi/daq) oldindan tayyorlab olingan lipoy 
kislota etilendiaminli tuzining eritmasi qo’shildi. Reaksiya 25±2 harorat, 500 aylanish/daq tezlikda 2,5 soat 
davomida olib borildi. Reaksion muhitda lipoy kislota tuzidan erkin kislota hosil qilish uchun eritmaga 1 
mol/l xlorid kislota eritmasidan pH 6 bo’lguniga qadar oz-ozdan qo’shib borildi. Lipoy kislotaning betta- 
siklodekstrin bilan supramolekulyar birikmasi ham xuddi uslubda sintez qilindi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   355




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling