Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU Schyotlar tizimi
3.2. ASOSIY SCHYOTLAR
Asosiy schyotlar mablag’lar turlari (aktiv) mavjudligi va harakati ustidan va ularning manbalarining (passiv) nazorat qilish uchun ishlatiladi. Barcha asosiy schyotlarga ularda korxona mulkining hisobga olinishi xosdir. Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, agar ularda qoldiq mavjud bo’lsa, ularning hammasi balans tarkibiga kiritiladi. O’zining tuzilishi va qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab asosiy schyotlar asosiy aktiv, asosiy passiv schyotlarga bo’linadi. Asosiy aktiv schyotlar moddiy va pul mablag’larining mavjudligi va harakatini hisobga olish hamda debitorlar bilan hisob-kitoblar uchun xizmat qiladi. Ularning xususiyatlarini «Materiallar» va «Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyotlari misolida ko’rib chiqamiz. «Materiallar» schyoti korxona omboridagi materiallarni hisobga olish uchun ishlatiladi. Ma’lumki, davr boshiga omborda mavjud bo’lgan materiallar (boshlang’ich qoldiq) bu schyotning debetida aks ettiriladi. Kirimi debetiga, chiqimi-kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq bu schyotda albatta debetida (yoki nolga teng) bo’lishi kerak, chunki omborda mavjud bo’lgan materiallardan ortiqcha sarflash mumkin emas. «Debitorlar bilan hisob-kitoblar» schyoti korxonalar bilan bajarilayotgan xizmatlari bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Korxonaning xali bajarmagan, lekin haqi to’langan xizmatlari uchun qarzi bu schyotning debetida boshlang’ich qoldiq sifatida ko’rsatiladi. Korxonalarning mazkur korxonaga bo’lgan qarzining oshib borishi ham uning debetiga, uning uzilishi (qarzning to’lanishi) esa - kreditiga yoziladi. Oxirgi qoldiq faqat debetli bo’lishi (yoki nolga teng) mumkin, chunki xaridor o’z qarzini boshqa korxonaga shu qarzidan ortiq summada to’lamaydi. Mulk (inventarlar)ni hisobga oladigan schyotlarga asosiy vositalar, uzoq muddatli ijarga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, yoki va bo’rdoqiga boqilayotgan mollar, o’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, tovarlar kiradi. Pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar kassa, hisob-kitob schyoti, chet el valyutasidagi pul mablag’lari, bankdagi maxsus schyotlar, qisqa muddatli investitsiyalar, pul ekvivalentlari, yo’ldagi pul jo’natmalar kiradi. Xususiy kapitalni hisobga oladigan schetlarga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foydalar kiradi. Asosiy aktiv schyotning ta’rifi Debet Boshlang’ich qoldiq - moddiy va pul mablag’lari yoki ushbu korxonaga bo’lgan mavjudligi aylanma -mablag’lar kirimi (kelib tushishi) yoki debitorlarning ushbu korxonaga qarzining ko’payishi Debet oxirgi qoldiq Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling