Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv
IKKIYOQLAMA YOZUVNING NAZORAT AHAMIYATI
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU Schyotlar tizimi
3.4. IKKIYOQLAMA YOZUVNING NAZORAT AHAMIYATI Asosida amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikkiyoqlama yozuv nazorat o’rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondentsiyasidan foydalaniladi. Buning uchun «Kassa» schyotini, unga nafaqat muomala raqamlari va summalarini, balki har bir muomala bo’yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar nomlarini ham ko’rsatgan holda, ko’rib chiqamiz. «Kassa» schyoti D-t K-t Boshlang’ich 100 qoldiq 4) D-t «Mehnatga haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar» schyoti 1980 5) D-t «Hisobdor shaxsdan qarz» schyoti 70 6) D-t «Hisob-kitob» schyoti150 1) K-t «Hisob-kitob 2120 schyoti» schyoti 2) K-t «Hisobdor 8 shaxs- lardan qarz» schyoti 30 3) «Turli debitorlarning» schyoti Aylanma 2158 Aylanma 2200 Oxirgi qoldiq 58 Ko’rib turibmizki, «Kassa» schyotining debetiga quyidagi muomalalar yozilgan: 1) 2120 so’m - hisob-kitob schyotidan pullar kelib tushishi; 2) 8 so’m - hisobdor shaxs tomonidan ilgari olingan bo’nakning qaytarilishi; 3) 30 so’m - debitorlardan birining qarzi uzilganligi. Kreditga yozilgan muomalalarning mazmuni quyidagicha: 4) 1980 so’m - ishchi va xizmatchilarga ish haqi berilishi; 5) 70 so’m - hisobdor shaxslarga bo’nak berilishi; 6) 150 so’m - sarflanmay qolgan pullarning hisob-kitob schyotiga qaytarilishi. - Endi «Kassa» schyoti bo’yicha muomalalarning navbat raqamlari va summalari keltirilib, schyotlar korrespondentsiyasi ko’rsatilmagan ekanligini ko’z oldimizga keltiraylik. Tushunarliki, bunday yozuvlar bo’yicha mazkur schyotda aks ettirilgan muomalalarning konkret mazmunini aniqlash mumkin emas. Demak, muomalalarning iqtisodiy mazmunini nazorat qilish uchun ularni schyotda yozish paytida shu schyot bilan ushbu muomalalar bo’yicha korrespondentsiyada bo’lgan schyotlar nomini ham keltirish juda muhimdir. Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling