Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar


Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan


Download 200.5 Kb.
bet2/8
Sana11.11.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1765729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar

2. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) joriy qismi:
6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
6020 "Berilgan veksellar".
b) uzoq muddatli qismi:
7010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar";
7020 "Berilgan veksellar".
Turli mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar-moddiy boyliklar), bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun sub’ektning joriy qarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010-schyotda aks ettiriladi.
6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lana-digan schyotlar" schyoti amalda kelib tushgan TMB, qabul qilib olingan ishlar va iste’molda bo’lgan xizmatlar qiymatiga mazkur boyliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada kreditlanadi.
Masalan, mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi:
Dt 1010 "Xom ashyo va materiallar" 560 m.s.
Kt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar" 560 m.s.
Agar bunda materiallar uchun oldindan to’lov to’langan bo’lsa, bu quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
Dt 4310 "TMBlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
berilgan bo’naklar" 560 m.s.
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 560 m.s.
Materiallar olinganda esa mol etkazib beruvchiga bo’naklar va kreditorlik qarzi schyotlari (Dt 1010, Kt 6010) yopiladi:
Dt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar" 560 m.s.
Kt 4310 "TMBlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
berilgan bo’naklar" 560 m.s.
Omborga kelib tushgan moddiy boyliklarning mikdori va sifati shartnoma shartlariga mos kelmaganda, 6010-"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti 4860-"Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar" schyoti bilan tegishli summada kreditlanadi.
Misol.
500 ming so’mlik xom ashyo, shu jumladan 50 ming so’mlik sifatsiz xom ashyo olindi:
Dt 1010 "Xom ashyo va materiallar" 450
Dt 4860 "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar" 50
Kt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar" 500
7010 schyot (6010-schyotga o’xshash) hozirgi vaqtda, ko’rinishidan, muddati kechiktirilgan qarzlar to’g’risidagi schyotlar mavjudligi tufayli keng ko’llanilmasa kerak.
6020 va 7020- "Berilgan veksellar" schyotlari TMB va boshqa aktivlarni, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarni sotib olish uchun sub’ekt tomonidan berilgan veksellarni aks ettiradi. Ya’ni, bu savdo veksellari bo’lib, ular to’lovlarga oid schyotlar singari ayni o’sha muomalalar natijasida yuzaga keladi, biroq ulardan farkdi o’laroq, asosiy qarz summadan tashqari, yana foiz stavkalarini to’lashni ham talab qiladi. Mazkur schyotlar krediti bo’yicha xarid qilingan TMB, boshqa aktivlar va xizmatlar uchun veksel bilan ta’minlangan joriy va uzoq muddatli qarzlar (so’ndirilgunga qadar) hisobga olinadi.
Misol.
Kreditorlik qarzini so’ndirish hisobiga mol etkazib beruvchilarga mazkur summaga teng oddiy, nominal qiymati 2500 ming so’m bilan uch oylik veksel berilgan:
Dt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar" 2500 m.s.
Kt 6020 "Berilgan veksellar" 2500 m.s.
Agar bunda belgilangan foiz stavkasi yillik 36%ni tashkil qilsa, har oyda foizlar ko’rinishidagi xarajat hisoblab yozilishi kerak: 2500*36%* 1/12=75 ming so’m:
Dt 9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" 75 m.s.
Kt 6920 "Hisoblangan foizlar" 75 m.s.
Uch oy ichida bu xarajatlar (3*75)=225 ming so’mni tashkil qiladi.
Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, foizlarni aniq hisob-kitob qilish uchun ularni kunlar bo’yicha hisobga olish tavsiya qilinadi.
Veksellar bo’yicha qarzlarni so’ndirishda qarz pul mablag’larini hisobga olish schyotlari kreditidan 6020-"Berilgan veksellar" va 6920 "Hisoblangan foizlar" schyotlar debetiga hisobdan chiqariladi. Bizning misolimizda, vekselni so’ndirishda mol etkazib beruvchiga 2500+225=2725 ming so’mni to’lanishi lozim:
Dt 6020 "Berilgan veksellar" 2500 m.s.
Dt 6920 "Hisoblangan foizlar" 135 m.s.
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 2725 m.s.
Hozirgi paytda O’zbekistonda savdo veksellari amalda qo’llanilmayapti.



Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling