Science fani haqida
Download 6.71 Kb.
|
SCIENCE fani haqida
SCIENCE fani haqida — SCIENCE fani amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot, Oʻzbekistonda ishlayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi oʻrganildi. Yangi fan oʻquvchilarni kichik yoshidan tabiiy fanlarni oʻqishga ragʻbatlantirish, ularda olam haqida yaxlit tasavvur paydo qilishga yordam beradi. Buning bilan bola fizika-kimyo qiyin emas, qiziq fan ekanini anglaydi va uni oʻrganishga oʻzida ragʻbat sezadi. SCIENCE fani (tabiiy fanlar) qaysidir fandan voz kechish yoki qaysidir fanning oʻrniga joriy etilayotgani yoʻq. Aksincha, taʼlim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarning integratsion tarzda oʻqitilishini taʼminlaydi. Masalan, yomgʻir haqida oʻrganish jarayonida bola uning tarkibi, fizik xususiyatlari, qaysi fasllarda va qayerlarda yogʻishi, yomgʻir taʼsirida Yerda qanday oʻzgarishlar boʻlishi, oʻsimliklar uchun foydasi haqida maʼlumotga ega boʻladi. SCIENCE fani 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4 sinfda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fan, geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7 sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi. Ayni paytda 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam” (1 soat), 3-4-sinfda tabiatshunoslik (1 soat), 5-sinfda botanika, geografiya, fizika 1 soatdan, 6-sinfda 2 soatdan, jami 12 soat oʻqitiladi. Hozirgi takliflarga koʻra, SCIENCE fani 1-sinfda bir soat, 2-4-sinfda ikki soatdan, 5-6-sinfda esa 3 soatdan, jami 13 soat oʻqitilishi tavsiya etilmoqda. Shunga koʻra, tabiiy fanlar boshqa fanlarning soatini qisqartirmaydi. Tabiiy fanlarni joriy etishdan oldin tanlab olingan maktablarda shu oʻquv yilining toʻrtinchi choragida tajriba asosida fanni oʻqitamiz. Bu muddatda oʻquv dasturlari, darsliklar, dars soati tahlil qilib koʻriladi. Va tajriba natijalari asosida 13 soatlik taklif oʻzgarishi mumkin. 7-11-sinflardan esa fanlarning oʻqitilishi doimiy tartibda davom etadi. Download 6.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling