Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil maxsus sон 1


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1077867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Axborotnoma 2022 maxsus son 1

 
Annotation: This article gives recommendations on the use of software products with the 
introduction of digital technologies in the organization of students' independent work and describes the 
results that should be achieved when using them. 
Keywords: digitalization; software; google apps, canva, mentimetr, kinemaster, hotpotatoes
kahoot. Autoplaymedia. 
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb 
masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli 
muammolardan qutqarishda muhim rol o`ynashi endi xech kimga sir emas. Shu sababli barcha 
davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag` ajratishni boshladilar. Bu borada mamlakatimizda ham 
salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn 
1007 
Shunday bo`lishiga qaramay ta’lim tizimimizda hali o`z yechimini kutayotgan qator 
masalalar borki ularni bartaraf etmasdan zamonaviy sifatli ta’lim haqida gapirib bo`lmaydi. 
Xususan, axborot olish va foydalanish tezligi juda yiqori bo’lgan hozirgi davrda, fikrimizcha, 
ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etmasdan ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol 
yoshlarni tarbiyalash mumkin emas. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usulda ma’ruza 
shaklida olib borganmiz. Bu ham yirik xajmli darsliklar va o’quv qo`llanmalari orqali amalga 
oshirilgan. Bu holat o`z navbatida ta’lim sifatining samarali bo`lishini ta’minlamagan. 
O`quvchilar turli qo`shimcha materiallarni o`zlashtirish uchun ham katta xajmdagi 
adabiyotlar va qappaygan sumkalarni ko`tarib yurishga majbur bo`lgan. Endilikda bu holatni 
bartaraf etish maqsadida ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlandi. 
Talabalar auditoriyada olgan bilimlarini mustahkamlash uchun talabaning mustaqil 
ishi tashkil etiladi. Talabaning mustaqil ishi o`zi nima va u qanday tashkil etiladi ? Quyida 
ushbu savolga javob izlaymiz. 
Talabalarning mustaqil ishi (TMI) – bu talabaning oʼziga xos oʼquv faoliyati boʼlib, u 
didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, oʼqishga qiziqtirishga va muayyan fan 
sohasida bilimlarni oshirishga yoʼnaltirilgan ta’lim. TMI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy 
faollikni, oʼquv materialini oʼzlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga 
imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bogʼliq boʼladi.
TMI mazmuni fanning xususiyatidan, oliy oʼquv yurtining texnik imkoniyatlaridan va 
axborot-resurs markazining oʼquv-uslubiy taʼminlanganidan kelib chiqib aniqlanadi.
Odatda TMI talabaning mustaqil taʼlimi (TMT) bilan birgalikda auditoriyadan 
tashqarida bajariladigan oʼqituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini (OʼRTMI) ham 
oʼz ichiga oladi. 
Kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriatda TMI ning umumiy soatlari fan hajmining 
yarmini tashkil etadi va uning ham deyarli yarmi OʼRTMI ga ajratiladi. Sirtqi taʼlimda TMI 
hajmi fan hajmining 4/5 qismini tashkil etishi maqsadga muvofiq.
TMIni tashkil qilish oliy oʼquv yurtining asosiy meʼyoriy hujjatlari, jumladan ishchi 
oʼquv dasturlari (sillabus), fan modullarini mustaqil oʼrganish boʼyicha talablarga muvofiq 
tarzda amalga oshiriladi.
TMI quyidagi shakllarda joriy etilishi mumkin:
- talabaning bevosita oʼzi tomonidan (mobil qurilmasi orqali) amalga oshiriladigan 
mustaqil ish turlari (TMT);
- anʼanaviy shakldagi oʼqituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi;
- elektron shakldagi (mobil qurilmasi orqali) oʼqituvchi rahbarligidagi talabaning 
mustaqil ishi.
Talabaning mustaqil taʼlimi. Talabaning bevosita oʼzi tomonidan mobil qurilmasi orqali 
amalga oshiriladigan mustaqil ish turlariga (TMT) quyidagilarni kiritish mumkin:
• darsga tayyorlanish – maʼruza matnlari, vodkastlar, video materiallar, amaliy 
mashgʼulotlar va laboratoriya ishlari bayonlarini mustaqil ravishda oʼrganish;
• axborot izlash – oʼz qiziqishlaridan kelib chiqib taqdim qilingan dayjest orqali internet 
materiallarini oʼrganish;
• FAQ (koʼp soʼraladigan savollar) – oʼzini qiziqtirgan muammolarga oʼrgatuvchi 
dasturlar vositasida javob izlash;



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling