Scientific pr
Download 86.03 Kb.
|
matematika-fani-rivojlanishiga-hissa-qo-shgan-qadimgi-va-keyingi-davr-sharq-va-g-arb-olimlari-faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLUME 2
MUHOKAMA
Hayyom ikki had yig`indisining kvadrati va kubi formulalariga asoslanib, butun musbat sonlardan kvadrat va kub ildiz chiqarish hind usulining isbotini, ularni har qanday butun ko`rsatkich uchun tadbiq qilish mumkinligini, irratsional sonlarning boshqa sonlar bilan teng huquqli ekanligini, geometriyani algebra bilan bog`lashni, algebraik masalalarni geometrik usulda yechishni va boshqa muammolarni fanga birinchi bo`lib kiritdi. U Nyuton binomini bilardi, chunki uning asarlarida binomial koeffitsientlarni hisoblashga doir misollar uchraydi. Hayyom, parallel to`g`ri chiziqlar Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 267 SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 nazaryasini o`rganib, parallellik aksiomasi haqida fikr yuritdi. Uning fikrlari keyinchalik N.V Lobachevskiy tomonidan quvvatlandi. Hayyomning bilib doirasi keng ekanligini hisobga olib, Saljuq sultoni Malikshoh uni saroy olimi darajasigacha ko`tardi va unga kalendar tuzishni topshirdi. Uning tuzgan kalendari (1079) amalda qo`llanmay qolgan bo`lsa ham, yevropada undan 500 yil keyinroq qabul qilingan va hozirgi kungacha amalda qo`llanilayotgan Grigorian kalendaridan ancha-muncha aniq bo`lgan. SHuni unitmaslik kerakki matematika fanida intuitsiyaning roli nihoyatda katta. SHunday olimlar borki, ular amalyot, fan qo`ygan yirik muammoni yechish uchun qaysi yo`llar bilan borish lozimligini, har bir yo`lda qanday qiyinchiliklar bo`lishi mumkinligini oldindan ko`ra oladilar. Ana shunday ajoyib fazilat-tabiiy istedotning muhim qirrasi-rivojlangan intuitsiya yirik olimlarga xos. Shu xislatga ega bo`lgan olimlardan yana biri bu mashhur hind matematigi Sirinivasa Ramanujan (1887-1920). U tug`ma talant va o`ziga xos fikirlash sohibi, chuqur ilmiy intuitsiyaga ega ajoyib matematik edi. NATIJA Ramanujan, aytish mumkinki, matematikani mustaqil egalladi. Uning topgan formulalari haqiqiy san’at asarlari kabi nihoyatda chiroyli bo`lib, kishiga zavq bag`ishlaydi. Uning bu formulalarni qanday qilib topa olganligi mashhur matematiklarni hali ham hayratga soladi… Ramanujan taniqli ingliz matematigi Xardi bilan aloqa bog`laydi. Angilyaga borib u bilan birga sermahsul ilmiy ish qiladi. 31 yoshida Ramanujan hindlardan birinchi bo`lib Angilya fanlar akademyasiga saylanadi. Kembrdj universitetining professori bo`ladi. Ramanujan maktabda o`qib yurgan yillaridayoq ajoyib formulalarni topgan. Xulosa qiladigan bo`lsak matematika hozirgi kungacha ancha bosqichlarni bosib o`tib, rivojlanib keldi bu davrgacha dunyoning turli davlatlari olimlari katta-katta kashfiyotlarni amalga oshirdi va bugungi kunda ham bunday ishlar davom etmoqda. Shaxsan o’zim ko`p yoshlardan bir gap eshitaman, u ham bo`lsa matematiga bog`liq ko`p narsalar oydin bo`lgan degan gaplardir ammo unday emas, sababi biz bilmagan hali juda ham ko`plab yangiliklar bordirki ular vaqt o`tgan sayn ochilib, yorqinlashib boradi. Ehtimol o`rta asr yoshlarida ham shunday qarashlar bo`lgandir lekin u zamonlardan beri ham nafaqat matematika balki fanning barcha turlarida ko`pdan-ko`p yangiliklar va nazaryalar bo`lmadi deysizmi. XULOSA Shunday ekan aziz vatandoshlar inson hech qachon bir joyda turib qolmaydi u rivojlanadi. Maqolam so`ngida muxtaram birinchi Prezidentimizning “Beshikdan tobutgacha ilm izla” degan gaplarini keltirib misol tariqasida ajdodlarimizni aytib o`tayin ul zotlar ilm axtarib Bog`dotdan Qoshg`argacha bo`lgan jamiki shaharlarni kezib u yerlardagi dong`i dunyoga ketgan ustozlardan talim olib, ilm o`rganib yurganlar Download 86.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling