«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


Download 441.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi441.81 Kb.
#1614321
1   2   3
Bog'liq
tarix-fanini-o-rganishda-mitanni-davlatchiligining-o-rni-va-ahamiyati

 
617 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Milloddan avvalgi XVI-XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi.Mitanni Kichik 
Osiyo, Finikiya, Suriya va Falastinga o’z ta’sirini o’tkazgan. Miloddan avvalgi XV
asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Ossuriya bilan urushlar olib borgan. Janglarda 
Mitanni qo’shinlari goh yengadi, goh yengiladi.Bu davrda Xett davlati kuchayib, 
Mitanni ustiga qo’shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo’shinlari yengiladi 
.Shu vaqtda podsho saroyda fitna uyushtirilib, Tushratti o’ldiriladi. Ossuriya Alshi 
davlatlar ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo’shinlariga zarba beradilar. Xett 
podshosi Tushrattining o’g’li Shattivasni taxtga o’tqizib, unga qizini nikohlab 
beradi.Oqibatta Mitanni Xett davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga 
tayanib Ossuriyani qaram qilib olmoqchi bo’ladi, ammo ossur qo’shinlaari yan g’alaba 
qozonib, Mitanni podshosi oilasi bilan asr olinadi.Mitanni poytaxti Vashshukan ossur 
qo’shinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g’alaba qozonib 
mamlakatni vayron etadilar.Ko’p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asr 
olinadi. Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga 
bo’linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta’siriga tushib, o’z mustaqilligini yo’qotadi. 
Mitannning katta qismini Arman tog’liklari egallagan.Mamlakat janubida Yuqori 
Mesopotamiya pasttekisligi joylashgan.
MUHOKAMA
Mitannida kulolchilik, to’qimachlik, zargarlik, qurolsozlik, ma’dansozlik ham 
rivoj topgan edi. Mitanni to’rt tomonga boradigan yo’l ustida, shuningdek madaniyat 
rivoj topgan mamlakatlar o’rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va 
tashqi savdo rivojlangan edi.Mitanni Misr, Suriya, Falastin, Finikiya, Xet, 
Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlarlar bilam qizg’in aloqalar olib borganlar. 
Mitanni boshqa xalqlar ma’daniyatini mohirona o’zlashtirganlar va o’z kelajak 
avlodlariga singdirganlar.Mitanni podsholigining ijtmoiy tuzumida hududiy jamlar, 
qishloq, katta oilali uy jamoalari ‘’dimtular’’muhim o’rin tutgan. Yer katta oilaning 
mulki hisoblangan.Davlat tepasida turgan hukmdor vafot etsa, uning o’rniga 
hukmdorning o’g’li yoki ukasi taxtga o’tirgan .Viloyatlarni podsho tomonidan 
tayinlangan ‘’xazannu’’-qishloq boshlig’i boshqargan.
NATIJA
Mitanni podsholari hind-oriy sulolalari sulolari ismlarini saqlab qolib ‘’Mand 
jangchilari podshosi’’ va ‘’Xurri jangchilari podshosi’’ unvoniga ega edilar.Hind-oriy 
ma’budlari Indra, Mitra -Varuna va Nasati hukmron doiralarning homiysi hisoblangan. 
Miloddan avvalgi XVI asr oxirida podsho Suttarni I davrida Mitanni Zagros va 
Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo’lgan hududlarni egallab, ulkan davlatga 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Download 441.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling