«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqori-kuchlanishli-shinalarni-kpr-avtomatikasi-asosida-yuksizlantirishni-takomillashtirish-2
1259 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Generator ishlash vaqtida stator va rotor chulg`amlari va aktiv po`lati qiziydi.Stator va rotor chulg`amlarining yo`l qo`yiladigan qizish temperaturasi birinchi navbatda foydalaniladigan izolyatsiya materiallari va sovutuvchi muhit temperaturasiga bog`liq.Izolyatsiyaning qizish temperaturasi qancha yuqori u shuncha tez eskiradi.Masalan B sinfdagi izolyatsiya materiallari (asvalt,biton asosidagi lak) uchun stator chulg`amlarining yo`l qo`yiladigan temperaturasi 105ºC rotor uchun 130ºC chegarada bo`lishi kerak. B sinfdagi izolyatsiyaning xizmat qilish muddati qizish temperaturasi 120ºC gacha bo`lganda 15 yilga yaqin, 140ºC gacha qiziganda esa 2 yilgacha qisqaradi.Qizish temperaturasi 105ºC gacha bo`lganda izolyatsiya sekin eskiradi va xizmat qilish muddati 30 yilgacha boradi. Generatorning o‘ta yuklama bilan ishlashi esa uning statori va rotori chulg`amlarining qizishiga sabab bo`ladi.Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki izolyatsiyaning me’yoriy qiymatdan biroz qizishi ham uning ishlash muddatiga katta tas’ir ko`rsatadi.Shinalarni avtomatik yuksizlantirish 1-rasm.Generatorlarning parallel ishlash sxemmasi (АРШ) avtomatikasi generatorni tarmoqqa ulayotgan vaqtda ishchi xodim tomonidan qo`lda kiritiladi ya’ni qaysi tarmoq o`chirilishi oldindan belgilab qo`yiladi.Buni misol yordamida ko`rib chiqamiz.Faraz qilaylik iste’molchilar 1-rasmdagi kabi elektr energiya bilan ta’minlangan.Iste’molchilarning har biri 150 Mvt quvvat iste’mol qilyapti deylik.Generatorlarning har biri 160 Mvt dan quvvat ishlab chiqaryapti. Generator-2 da qisqa tutashuv sodir bo`lsa Q3 o`chirgich generatorni tarmoqdan uzadi. Q5 o`chirgich ulanib tarmoqdan uzilib qolgan iste’molchilarni yana qayta tarmoqqa ulaydi.Endi barcha isre’molchilar Generator-1 dan taminlanadi ya’ni 300 Mvt li iste’molchini ta’minlashi kerak bo`ladi.Generator 1 ning o`rnatilgan quvvat 160 Mvt bo`lgani uchun u iste’molchilarni hammasini ta’minlay olmaydi.Mana shu jarayon generatorning o`ta yuklanishi deyiladi.Generator o`ta yuklanganda uning rotorining aylanish tezligi sekinlasha boshlaydi. Bu jarayonda Generator-1 tormozlanish jarayoniga tushib qoladi.Buni quyidagi ifodadan ham bilishimiz mumkin: www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling