«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6


Download 31.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi31.05 Kb.
#1829309
1   2   3
Bog'liq
ikrom-akbarovning-momo-yer-musiqali-dramasida-xorning-dramaturgik-vazifalari-haqida

 
1037 
 
ayol irodasini yo’qotmay nabirasi kelajagi uchun kelini Aliman bilan duch kelgan
qiyinchiliklarga bardosh beradi. Kompozitor Ik.Akbarov shu mazmun asosida
ulug’vor-epik musiqali sahna asarini yarata olgan. Endi ushbu asardagi xor 
sahnalarining dramaturgik funksiyalari xususida so’z yuritsak. Undan oldin esa
musiqiy dramaturgiya haqida ozroq tushuncha hosil qilsak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
A.Sevorning aytishicha sahnaviy asarlarda dramaturgiya asosan
qahramonlarning yakka qo’shiq ijrosi yoki ularning birgalikdagi ijrosi, ba’zan xor
va orkestrlar vositasida oddiydan tortib murakkabgacha bo’lgan jarayonlarda ochib
beriladi. Bundan tashqari musiqiy dramaturgiyadagi dramaturgik ahamiyat unig 
kompozitsion tuzulishi va adabiy mazmuni – librettosiga bog’liqdir. Tarixiy rivojlov 
jarayonida musiqiy dramaturgiyaning bir qator shakllari: rechitativ, ariya, vokal
ansambl va xorlar vujudga keldi. Ikrom Akbarov qalamiga mansub “Momo yer” 
musiqali dramasida xor sahnalarning qo’llanishi yangi bosqichga ko’tarila oldi.
Kompozitor asarning muqaddimasida kiritgan to’rt ovozli a cappella xori o’zida
mazkur dramani asosini tashkil qiluvchi urushgacha va urushdan keyingi hayot
tarzini yoritib beradi.
MUHOKAMA
Muqaddimadan tashqari, 6-hikoyada Suvonqul haqidagi qora xatga qishloq 
aholisining qayg’uli xori, yarador bo’lgan Masalbekni ko’rishga stansiyaga chiqqan
ham qishloqlarining hayajonli a cappella xor qo’shiqlari tomoshabinlarda chuqur
taassurot qoldiradi. Xuddi shunday Jaynarni frontga jo’natish paytidagi “Oh, 
lochinlar, lochinlar” xor qo’shig’i, yoki qizlarning “Ochil, ochil xat” ikki ovozli xor 
qo’shiqlari spektaklga alohida xarakter bag’ishlaydi. 
“Momo yer” musiqali dramasida xorlar musiqiy dramaturgik vazifalarni 
bajarib, muayyan vaziyatlarni ochib berishda yoki biror voqea-hodisaga alohida urg’u 
berish vositasi sifatida qo’llaniladi. Bu asarning boshqa asarlardan farqi shundaki, unda 
musiqa bevosita adabiy mazmunga bog’liq bo’lib, g’oyaviy tuzilishni ochib berishga 
xizmat qiladi.
NATIJA
Bundan tashqari, kompozitor ovoz partiyalarini mustaqil (individual)lashtirib, 
ularni qat’iy vertikal joylashtirish orqali xorga xorallik qirralarini baxsh eta olgan. 
Dramaning bevosita xor sahnasi bilan boshlanishi, so’ngi epilogda ham xor
sahnalarining mavjudligi dramada xorning naqadar ahamiyatli ekanligini belgilab
beradi. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling