Musiqali dramada rechitativ ustida ishlash va uning ahamiyati


Download 25.5 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1079304
Bog'liq
Musiqali dramada rechitativ ustida ishlash va uning ahamiyati


Musiqali dramada rechitativ ustida ishlash va uning ahamiyati

Tarihga nazar tashlasak musiqali drama termini 20-yllarning so’ngida tez-tez ishlatiladigan bo’ldi. O’sha vaqtda “музқкалная драмма” ruslarda opera asarlariga bazan operettaga nisbatan ishlatilgan ekan. biz esa musiqali drama deganda opera yohud operetta emas, balki pyesaning sahnaviy talqini va u bilan teng huquqli bo’lgan o’ziga hos milliy musiqali teatr janrini tushunamiz.Unda kuylovchi aktyor, rejissyor, derijyor, konsertmeyster va rassomlardan iborat ijodiy jamoa rang barang ishlarni bir biriga bog’lab, yahlit sahnaviy asarni yuzaga keltiradi.Musiqali drama badiiy so’z va musiqali talqin birligida hosil bo’ladi. Musiqali drama spektakllari tarkibida bir yoki bir nechta ariyalar yaniki aktyorlar tomonidan kuylanadigan turli qo’shiqlar borligini yahshi bilamiz. bular orasida bazan qahramonlar aytadigan bir yoki bir necha banddan iborat bo’lgan rechitativ baytlar tomoshabin diqqatini tortadi. Bu baytlar yaratilgan obrazning ichki qiyofasini ochib berishda zarur omil hisoblanadi. Shu bilan birga haraktening yorqin ochilishiga yahshigina badiiy vosita hizmatini ham o’taydi.Rechitativ o’zi qanday ibora?


Rechitativ so’ziitalyancha so’z bo’lib, “rechito” yani ovoz chiqarib o’qish, deklomatsiya demakdur. Shu bilan birgalikda vocal musiqa turi bo’lib, oddiy yoki deklomatsion nutqni intonatsiya va ritm bilan ijro etishga , ovoz jarangini kuchaytirishga yoki pasayishiga, urg’u bilan o’qishga asoslanadi. Tarihiy manbalardan ma’lum bo’lishicha rechitativning shakllanishiga halq epik asarlarini ijro etish san’ati ham ta’sir qilgan. Bir so’z bilan aytganda rechitativ oddiy yoki badiiy nutq intonatsiya va ritmikani ifodalashga asoslangan vocal musiqa turi hisoblanadi. O’zbekiston Davlat San’at va madaniyat institutining 1-2 kurs musiqali drama teatr aktyorligi talabalarining sahna nutqi fani o’quv jarayonlarida rechitativ yaniki, musiqadan so’zga, so’zdan esa musiqaga o’tish holatlarini qo’llab ko’rdik. Biz bu jarayonda so’z nilan musiqa eng uzviy, eng mahkam,eng yaqin tarzda bir biriga bog’liq ekanligini talabalarga tushuntira oldik. masalan CH-J tovushlari, ushbu tovushlarni nli tovushlar bilan qo’shib ijro etkanimizda dastlab tovushlar sofligi va jarangiga e’tibor qaratdik va ushbu tovushlarni mustahkamlovchi mashqlar sifatida hammamizga ma’lum bolalarga hos chip-chi jo’jalarim qo’shig’idan foydalandik. Dastlab kursdagi qizlar quruq matnni ijro etishadi, tovushlar sofligiga erishilgandan keyin kurs yigitlari past notalarda asta sekin so’zdan musiqaga o’ta boshlashadi. qizlar ham shu jarayonda yigitlar ijrosiga qo’shilib,ular ijro etayotgan pardaning aktavasida kuylashadi. qizlar hamda yigitlar bir fikr uyg’unligiga erishib, fikrni yo’qotmagan holatda asta sekin musiqadan so’zga o’tishadi. Biz bu jarayonda talabalarning nafaqat so’zlarni aniq ijro eta olishiga balki musiqa ritmini his etishga, ansambl bo’lib ijro etishga, bir birlarini eshitishga va eng muhimi ularni birgalikdagi ijod jarayonlarini shakllantirishga erishdik.bundan tashqari biz rechitativni yana boshqa bir musiqiy mashqlarda ham amalgam oshirdik. Milliy o’zbek halq qo’shig’I Yor-Yor
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling