Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Download 0.75 Mb.
bet1/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda



1Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


2 mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Mikrobiologiya fanining xalq xo’jaligida va kishilar hayotidagi ahamiyati.
Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o’zgarishlarning ko’p qismi ana shu mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq hosil qilish, yerni ishlash va o’g’it solish bilan bog’liq bo’lgan jarayenlarda va organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta ahamiyatga ega.
Yerga solingan organik o’g’itlar yoki o’simlik va hayvon qoldiqlari shu mikroblar tufayli parchalanib minerallashtiriladi va o’simliklar tomonidan uzlashtiriladi. Bundan tashqari ko’pchilik mikroorganizmlar o’simliklarning ildiz sistemasi bilan bog’lik bo’lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi. (Mikoriza, rizosfera, ya’ni simbioz yashaydi). Ayrimlari esa, fitopotogen bakteriyalar va zamburug’lar ildiz xo’jayralarini buzadi, o’simlikni normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Mikroorganizmlar ildiz chirishi, gammoz, sarg’ayish va boshka kasalliklarga sababchi buladi. Bundan tashqari mikrobiologiya fani xalq hujaligida xam katta ahamiyatga egadir. Sanoatning yirik tarmoqlarida, ya’ni non pishirish, qatiq va yog’lar tayyorlash, pivo va vino tayyorlashda muhim rol uynaydi. Sanoatda aseton, butil va boshza spirt, turli tuman kislotalar olinadi .
3 Prokariot mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi va ularning eukariotlardan farqi
O’rganish obyektiga qarab mikroorganizmlar ham juda kichikligi bilan ajralib turadi, ya’ni oddiy ko’z bilan qurib bo’lmaydigan (70-80 mgkl) organizmlar bo’lib quyidagi o’lchov birligi bilan o’lchanadi.
– mm yoki mm ning mingdan bir bo’lagi, mikrometr yoki mikron
– 10 –3 mikrometr MKM yoki 10-3 mm
– 10-6 nanometr – nm
– 10-7 angstrem – A
– 10-9 pikometr - pm
mikroorganizmlar ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan eukariotlar (diatom , suv o’simliklari, yashil suv o’simligidan – Chlorella va achitqilar bo’lib, prokariotlardan bular shakliga qarab 3 gruppaga, ya’ni
1. Yirik (5-125 mkm), 2. Urtacha. 3. Kichik guruxlarga bulinadi..
Prakariot. VA eukariotlarning farqlari
4 bijģish jarayonining mohiyati
Bilgʻish, bijgʻitish, achish, achitish, fermentatsiya — mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning (asosan, uglevodorodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijgʻiydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning oʻtish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil boʻlishi mumkin. Maye, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar ishtirokida) moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota, propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo boʻladi. B. jarayonida musallas, boʻza, qimiz va boshqa ichimliklar hosil boʻladi. 16-asrda Vant Gelmont B. jarayoni fermentlar ishtirokida, 19-asrning 30- yilda esa Kanyar de Latur, Shvan va Kyutinglar ,bir hujayrali tirik mikroorganizmlar ishtirokida roʻy beradi, deb tushuntirdilar. B.ni faqat Lui Paster ilmiy asosda toʻgʻri tahlil qilib, B.— mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi. Mikroorganizmlar ishtirokida organik moddalar (uglevodorodlar)ni bijgʻitib, xalq xoʻjaligiga zarur mahsulotlar — etil va butil spirtlar, sut, moy, propion kislotalar olinadi. Qanddan spirt hosil boʻlishida ATF va ADF asosiy energiya manbai boʻlib xizmat qiladi. Spirt, vino, pivo ishlab chiqarishda Saccharomyces cerevisia, Sacch. vini, Sacch. carlsbergens kabi turushlar (achitqilar) ishlatiladi. Sut mahsulotlaridan qatiq, pishloq, smetana, tvorog , kefir tayyorlashda Str. Lactis, Str. diacetilactis. Bact. casei, Bact. acidophilum ishtirok etadi. Propion kislota olishda Bact. acidi proponici, Propionibact. shermani mikroblari qatnashadi. Sanoatda pishloq, V12 vitamini olishda ham bakteriyalarning shu turlaridan foydalaniladi. Moy kislota olishda Clostridium butiricum bakteriyasi, atseton, butil spirt olishda Clostidium acetobutylicum bakteriyasi, sirka olishda Acetobacter aceti bakteriyasi, limon kislota olishda esa Aspergillus niger zamburugʻi ishtirok etadi. B. jarayonidan foydalanib, rom, turli markadagi vinolar, pivo, sut mahsulotlari, non ishlab chiqariladi.
5 Mikroorganizmlarning hujayralari morfologik tuzilishi
Mikroorganizmlar - asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. M. tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha M. boʻladi. M.ning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. M.ning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. M. oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. M. fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. M. hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling