Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


qaysi prokariotlar mevatanalar hosil qiladi


Download 0.75 Mb.
bet7/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

20 qaysi prokariotlar mevatanalar hosil qiladi
Miksobakteriyalar (ing. myxobacteria) oʻzaro uyushgan guruhlar (hattoki maxsus hujayralarga ega murakkab strukturalar) hosil qiluvchi tuproq bakteriyalari. Ozuqa resurslari koʻp boʻlganda, miksobakteriyalar toʻda deb nomlangan guruhlar hosil qiladi. Toʻda muvofiqlashgan tarzda harakatlanadi, tuproqqa parchalovchi fermentlar ajratadi va parchalangan mahsulotni oʻzlashtirib oziqlanadi.
Agar resurslar tanqisligi yuzaga kelsa, miksobakteriyalar oʻzaro birlashib, koʻp hujayrali tuzilmaga oʻxshash mevatana hosil qiladi (yuqoridagi rasmda keltirilgan). Mevatanalarda hujayralar sporaga oʻxshash tuzilmalarga aylanadi, ular miksosporlar deb nomlanadi. Har bir miksospora uzoq vaqt davomida saqlanib turishga imkon beradigan qalin hujayrali devoriga ega. Resurslar yetarli boʻlganda miksosporalar oʻsadi va yangi toʻdalar paydo boʻladi.
HAVO MIKROFLORASI
Cuv va tuproqdan farqliroq, havoda mikroblar faqat hayot qobiliyatini vaqtincha saqlab turadi, so’ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining ta’siri, harorat o’zgarishi, oziq moddalar yo’qligi kabi noqulay faktorlar ta’sirida o’lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini ma’lum darajada muollaq turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari havo mikroflorasi tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi. Bakteriyalar va ularning patogen formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi birmuncha atmosfera havo mikroflorasidan ko’p uchraydi, chunki bu muhitlarga kasal odam va hayvonlar, bakteriya tashib yuruvchilardan tushishi mumkin.
Havo mikroflorasi ham shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M. flavus, M. candicanis, Sarcina . flava, S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va Penicllium, Aspergillus, Mucor zamburug’lar va sporadik doimo topilmaydigon (suv va chang zarralari bilan tushovchi ) mikroorganizimlarga bo’linadi.
Patogen mikroorganizimlar og’iz bo’shlig’i yoki nafas yo’llari kasallanganda atrofdagi havoga patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo’g’ma, ko’k yo’tal, sil qo’zg’atuvchilari, viruslardan gripp, qizomiq qo’zg’atuvchilari tarqaladi. Bu mikroorganizimlar havoda aerozol tarkibida uchraydi. Aerozol- bu kolloid sistema bo’lib, asosiy tarkibi havo, suyuqlik yoki qattiq moddalar, zarralaridan iborat bo’ladi. Ayrozol o’lchami 10 dan 2000 nm teng bo’lishi mumkin. Odam aksirganda 40 000 dan ortiq aerozollar hosil bo’ladi. Aerozollar o’lchami,elektirik zaryadi, havodagi harakat tezligi bo’yicha tomchi, changli va tomchi yadroli fazalarga bo’linadi. Biz uchun eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo’lib uning o’lchami 100 nm atrofida bo’ladi, aerozolni bu fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida ma’lum miqdorda namlik bo’lganligi uchun chidamli aerodispers sistemani havoda shakillantiradi. Ulardagi namlik bakteriyalarni havoda uzoq vaqt saqlanishini taminlaydi. Masalan, yadroli aerozolda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi 1 sutkagacha, gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil qo’zg’atuvchisi 18 kungacha hayot faoliyatini saqlab qolishi mumkin. Bu esa odatda yopiq binolarda yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini havo-tomchi yo’li bilan tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki hona havosida patogen bakteriyalar miqdori ko’p bo’lishi mumkin

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling