«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
karyer-pog-onalarining-barqarorligini-nazorat-qilishning-zamonaviy-tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. MSR 300 radaridan olingan grafik tasvirlar MUHOKAMA
112
muhandislarni potentsial muammo yuzaga kelishi haqida ogohlantirishni o'z ichiga oladi hamda eng yuqori darajadagi xavfli hududdan kon ishchilarini va jihozlarni darhol evakuatsiya qilishni nazarda tutadi. MSR ning ikkinchi muhim vazifasi geofizik sirt yoki geografik obyektgacha mutlaq masofani aniqlashdan iborat. Ushbu funksiya, mahalliy koordinata tizimiga va burchak ma'lumotlariga aniq ulanishi bilan birgalikda, marksheyderlik ma'lumotlarini ishlab chiqarish uchun, shuningdek, boshqa muammolarni hal qilish uchun, masalan, ochilgan (qazib olish) hajmlarini hisoblash uchun ishlatilishi mumkin[4]. MSR tizimi yuqori aniqlik va o'lchov asbob-uskunalari ishonchliligiga ega bo'lgani uchun, 100% ga yaqin bo'lgan texnik tayyorgarlik koeffitsientiga ega bo'lganligi va og'ir iqlim sharoitida (-50° dan +55°C gacha) ishlash imkoniyatini ta'minlaganligi sababli, karyer bortlarining barqarorligini nazorat qilish talablariga to'liq javob beradi (juda erta va juda kech emas) va eng muhimi, mavjud tizimlarga integratsiya qilinishi mumkin[5]. MSR butunlay geografik jihatdan bog'lanishi mumkin. Bunga raqamli karyer xaritasini import qilish va barcha natijalarni georeferentsiyalashga imkon beradigan umumiy stantsiya yordamida karerdagi ma'lum joylardan triangulyatsiya qilish orqali erishiladi (2-rasm). 2-rasm. MSR 300 radaridan olingan grafik tasvirlar MUHOKAMA MSR quyidagi asosiy qismlardan iborat: radarning elektr va mexanik qismlari; antenna; qabul qiluvchi transmitter; antennani ko’rsatuvchi qurilma (APU); taxeometr; www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5 113 tortib yuriladigan tayanchli yo'l treyleri; elektronika va nazorat qilish tizimi; quvvat manbai. MSR radarlari odatda maxsus off-Road treylerida joylashgan avtonom qurilma. Treyler – MSR quvvat manbai, joylashishni aniqlash tizimini, radar elementlarini va MSR operatorining vizual interfeysini ta'minlovchi boshqaruv hamda elektronika tizimiga ega [6]. Quvvat manbai foydalanuvchi aralashuvisiz uzoq vaqt davomida (odatda uch kundan bir haftagacha) MSR mustaqil ishlashini ta'minlaydi. Quvvat manbai akkumulyatorlarni zaryad qilish zarur bo'lganda avtomatik ravishda ishlaydigan dizel dvigatel bilan bog'langan generatorni o'z ichiga oladi. Qabul qiluvchi transmister (RSU) va antenna to'g'ri o'lchash va nishabda kichik harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladigan radio signalini ishlab chiqaradi. Treylerning yuqori qismida joylashgan antennani boshqarish qurilmasi monitoringni tekshirish uchun ishlatiladi. NATIJA Nazorat birligi RSUDAN signalni ushlaydi va dasturiy algoritmlardan foydalanish orqali nishab barqarorligi va turli tadqiqot ma'lumotlari haqida ma'lumot beradi. MSR shuningdek, atmosfera sharoitidagi o'zgarishlarni bartaraf etish uchun ishlatiladigan atrof-muhitni nazorat qilish tizimini va masofadan ma'lumotlarni uzatish imkonini beruvchi aloqa modulini o'z ichiga oladi [7] . Radar tizimining ishlash ketma-ketligini quyidagicha ta'riflash mumkin: so'rovnoma boshlanishida mahalliy koordinatalar tizimidagi radarning joylashuvi aniqlanadi; olingan ma'lumotlarni boshqa sensorlarning ko'rsatkichlari bilan taqqoslash amalga oshirildi; raqamli kon rejasi modeli bilan integratsiya amalga oshirildi va harakat aniqlandi; qayd qilingan harakatlar ma'lum bo'lgan geologik anomaliyalar bilan taqqoslanadi; olingan nuqtali bulut boshqa dasturiy ta'minot tizimlariga eksport qilinadi. MSR tizimining afzalliklari ham quyidagilarni o'z ichiga oladi: yangi skanerlash hududida ilgari skaner qilingan ma'lumotlarni aniqlash uchun Rapid Align tizimidan foydalanish va avvalgi o'lchovlarni hisobga olgan holda avtomatik sinxronizatsiya qilish; 3D-modelni istalgan nuqtadan real vaqtda o'rganish va qurish qobiliyati; portlatish ishlarini hisob-kitoblarda hisobga olish; harakatchanlik (tarqatish va ulanish vaqti - 15-30 min); harakatlar o'rtasida skanerlash tarixini saqlash; www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5 Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling