«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 448.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.02.2023
Hajmi448.32 Kb.
#1203692
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix-fanini-o-rganishda-ossuriya-davlatchiligining-o-rni-va-ahamiyati

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Ossuriya haqida birinchi eslatmalar mualliflar Gerodot, Ksenofon, Strabon, 
Aristotel kabi qadimiy mualliflarning asarlarida uchraydi ular yarim afsonaviydir. 
Ossuriya qadimgi dunyoning birinchi imperiyasi edi.Ushbu davlat dunyo xaritasida 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
211
 
deyarli 2000 yil, miloddan avvalgi 24-asrdan 7-asrgacha va taxminan 609-yilgacha 
mavjud bo’lgan. Ossuriya Dajlaning yuqorgi qismida, janubda Zabning quyi oqimidan 
sharqda Zagra tog’lariga va shimoli g’arbda Masios tog’lariga qadar cho’zilgan kichik 
maydonni egallagan, eng kata rivojlanish davrida Ossuriyaning uzunligi 350 mil, eni 
(Dajla va Evfrat) 170 dan 300 milgacha yetgan. Ingliz sayyohi T. Ravilsonning 
so’zlariga ko’ra, Ossuriya egallagan butun maydon “7500 kv mildan kam bo’lmasligi 
kerak, ya’ni bu Avstriya yoki Prussiya egallagan maydondan katta, Portugaliyadan 2 
baravar kata va Buyuk Britaniyadan sal kamroq”. G’arbning shimoliy qismida Sinjar 
tog’lari kesib o’tgan ulkan Suriya Mesopotamiya dashti ocilgan. Ushbu kichik 
maydonda turli vaqtlarda Ashuriya, Nineviya, Arbela, Kalach, va Dur-Sharukin kabi 
Ossuriya shaharlari paydo bo’lgan. Ossuriya, bu “unumdor yarim oy” oddiyroq qilib 
aytganda Mesopotamiya hududida paydo bo’lgan. Qadimgi Ossuriya podsholigi 
orqasida ko’plab madaniy va tarixiy yodgorliklarni qoldirgan. Podsholar va zodagonlar 
hayoti manzaralari aks etgan ko’plab baralyeflar, olti metrli qanotli xudolarning 
haykallari, ko’plab sopol buyumlar va zargarlik buyumlari bizning davrimizgacha etib 
kelgan. Qadimgi dunyo haqidagi bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan kashf 
etilgan kutubxona Ashurbanipalning o’ttiz ming gil lavhasida tibbiyot, astronomiya
muhandislik bo’yicha bilimlar to’plangan va hatto Buyuk To’fon haqida ham so’z 
yuritilgan. Qadimgi Sharq mutloq hokimligi faqat tashqi jamoadagina qudratli va 
mustahkam davlatlar bo’lib ko’ringan, aslida esa ular ichki tomondan ancha zaif 
davlatlar bo’lgan. Misr, Eron va shu qatorda Ossuriya ham biror istilochi vafotidan 
keyin o’z tarkibiy qismlarga bo’linib, tarqalib ketgan va birlashtirish, tiklash uchun 
doimo qurol ishlatishga majbur bo’lgan. Ossuriya – “jahon imperiyasi” ni yaratish va 
barbod bo’lishning birinchi tajribasi hisoblanadi. Qadimgi Ossuriya markazi Ashshur 
bo’lgan kichik hududni o’z ichiga olgan edi. .Er.avv XVI asrgacha Ossuriya podsholari 
Alum-Ashshur, Shahar jamoa esa Ashshur deb atalgan, “Kichik va ulug’lar” xalq 
yig’ini o’z ahamiyatini yo’qotib borgan, hokimyatning oliy o’rgani “Shahar Uyi” 
boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi bo’lgan. Shahar – davlatning ososiy hokimi 
“ishshiakum” lavozimi ham mavjud bo’lib, u diniy vazifalarni bajarib, ibodatxonalar 
qurilishiga rahbarlik qilgan. Ossuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkaz ortidan Tigr 
daryosi bo’ylab o’rta va Janubiy Ikki daryo oralig’i va Elamga, Sharqiy O’rtayer 
dengizidan muhim savdo yo’llari o’tgan edi.Ashshur shahri o’z kaloniyalarini barpo 
qilishga uringan va Kichik Osiyoning sharqiy qismini faol kalonizatsiya qilgan. Ammo 
ilk Ossuriya jamiyatida ya’ni II ming yillik boshlarida xalqaro vaziyat Ossuriya uchun 
nobop holat kasb etgan. Amorey qabilalarining Shimoliy Mesopotamiyada joylashishi, 
O’rta Evfratda Mari davlatining ko’tarilishi Ossuriya uchun g’arbda savdo qilishiga 
jiddiy ta’sir ko’rsatdi. O’ta faol tashqi siyosat Amorey sardori, Xammurapining katta 
zamondoshi Shamshi-Adad(er.avv 1824-tax 1780 yillar) vaqtida olib borilgan. Er.avv 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

Download 448.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling