Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari
+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Download 136.28 Kb.
|
Murtazoyev Dilshod Optika-lab-11-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqa” topologiyasi
1+1 turidagi Himoyaga ega bo’lgan “Ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasi
Kontsentrator funksiyasini qo’llovchi “yuluzcha” topologiyasi Bunday topologiyada kommutatsiya markazi (masalan raqamli ATS) yoki markaziy xalqadagi SDH tuguni bilan ulangan olisdagi bir tarmoq tuguni, kontsentrator vazifasini bajaradi. Bunday tugunda trafikning bir qismi foydalanuvchilarga, qolgan qismi esa tarmoqdagi boshqa tugunlarga taqsimlanadi. Kontsentratorlar bunday vazifani bajarish uchun faol va intellektual bo’lishi kerak, ya’ni kross-kommutatsiyani amalga oshiruvchi kirish/chiqishli multipleksor bo’lishi kerak. Ayrim hollarda agar bunday sxemalarning kirishiga to’liq bo’lmagan STM-N oqimi (yoki bir pog’ona pastdagi oqimlar) berilsa, uning chiqishida to’liq STM-N oqimi bo’lsa, bunday sxemalar optik kontsentrator deyiladi. Aslida bunday topologiya markazi tugunda SDH multipleksori qo’llanilgan “yulduzcha” topologiyasini eslatadi (12.12.-rasm). 12.12-rasm. Kontsentrator funksiyasini bajaruvchi yulduzcha topologiyasi. “Xalqa” topologiyasi Xalqa topologiyasining eng ajoyib xususiyatlaridan biri tarmoq ishdan chiqganida o’z-o’zini tiklash qobiliyatidir. TU-n trib bloklari darajasida 1+1 himoyaga ega bo’lgan Halqa Bu topologiyaning asosiy afzalligi, 1+1 turdagi himoyani oson amalga oshiradi. Bunday himoyani oson amalga oshirishning sababi sinxron mulpleksorlardagi (SMUX) “sharq-g’arb” deb nomlanadigan va qarama-qarshi yo’nalishdagi ikkita xalqa oqimini hosil qiladigan ikki juft (asosiy va zaxira) chiqish optik agregatlarning mavjudligidadir (12.13.-rasm). Demak, SDH tarmoqlarini loyihalashtirishda, transport tarmoqlarining tuzilishi yuqorida ko’rib chiqilgan topologiyali tarmoqlarning alohida bir elmenti sifatida tashkil qilinadi. Odatda xalqa topologiyasi yoy “nuqta-nuqta” yoki “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Misol tariqasida 12.14-rasmda “nuqta-nuqta” va “xalqa” arxitekturasi keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu tarmoqni qurish uchun ikkita “xalqa” va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyalari qo’llanilgan. Download 136.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling