Seleksiya jarayonining mohiyati va bosqichalri


Download 0.6 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1184142
Bog'liq
SELEKSIYA JARAYONINING MOHIYATI VA BOSQICHALRI


SELEKSIYA JARAYONINING MOHIYATI VA BOSQICHALRI
Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S. koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan.Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan bu navlar va zotlardan S. ishlarida qimmatli boshlangʻich material sifatida foydalanildi.CH. Darvin oʻzining "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy asosini yaratdi (qarang Evolyusion taʼlimot), hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib berdi.S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol oʻynadi. Irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S.ning rivojiga katta hissa qoʻshdi.Yevropa va Amerikada S. 19-asrda rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank duragaylashni qatʼiy tanlash bilan qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr oxiridan rivojlana boshladi.Oʻzbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza S.si bilan shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898-yilda ish boshlagan Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida (hozirgi Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti) R. R. Shreder qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza, gʻalla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899-yilda Andijon tajriba dalasi. 1900-yilda Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913-yilda Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi.boʻlgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi.

404-GURUH TALABASI BO`RIBOYEVA GULNAFIS
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling