Seleksiyada dominatlik va chala dominatlikdan urug`lanish va qo`sh urug`lanish


Download 11.71 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1798302
1   2   3   4
Bog'liq
Seleksiyada dominatlik va chala dominatlikdan urug`lanish va qo`sh urug`lanish

Qo‘sh urug‘lanish jarayonini o‘rganish borasida O‘zbekistonimizning olimlari ham uning ayrim jabhalarini o‘rganishda muhim hissa qo‘shdilar. Bir necha turkum va turlarga oid o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish morfologiyasi bo‘yicha I.D.Romanov M.A.Mirkomilov 1977; Z.M.Pashenko 1973; D.Y.Tursunov, T.YE.Matyunina 1983; J.Y.Tursunov 1988; M.A.Davidov, X.K.Karshibayev 2001: O.A.Ashurmetov, X.K.Karshibayev 2002; O.A.Ashurmetov, X.CH.Buriyev 2002; V.P.Petsenitsin 2008 mumtoz darajadagi ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.

  • Qo‘sh urug‘lanish jarayonini o‘rganish borasida O‘zbekistonimizning olimlari ham uning ayrim jabhalarini o‘rganishda muhim hissa qo‘shdilar. Bir necha turkum va turlarga oid o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish morfologiyasi bo‘yicha I.D.Romanov M.A.Mirkomilov 1977; Z.M.Pashenko 1973; D.Y.Tursunov, T.YE.Matyunina 1983; J.Y.Tursunov 1988; M.A.Davidov, X.K.Karshibayev 2001: O.A.Ashurmetov, X.K.Karshibayev 2002; O.A.Ashurmetov, X.CH.Buriyev 2002; V.P.Petsenitsin 2008 mumtoz darajadagi ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
  • Qo‘sh urug‘lanishni o‘rganish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga, muvaffaqiyatlarga qaramay o‘simliklarning embriologiyasini o‘rganayotgan tadqiqotchi olimlar oldida yana bir qator vazifalar yakunini topish zarurligi turibdi.
  •  
  • Spermiylarni murtak xaltaga kirishi haqida turlicha tasavvurlar mavjud. S.G.Navashin Lilium, Fritillaria, Delphinium, Helianthus va Rudbeckia turkumlariga mansub o‘simliklardagi urug‘lanish jarayonini o‘rganishda spermiylar chang nayining mahsulotlari bilan birga tuxum hujayra va markaziy hujayra oralig‘ida ko‘p marta kuzatgan. Sinergid hujayralaridan biri shikastlangani ma’lum bo‘lgan. Bu ma’lumotlarga asoslanib S.G.Navashin sinergidlar chang nayidagi mahsulotlarni yo‘lboshchisi bo‘lib, spermiylar bilan birga tuxum hujayra va markaziy hujayralar orasidagi “yoriqdan” o‘tganidan keyin hujayralarga taqsimlanadi, degan xulosaga keladi. Keyinroq turli o‘simliklardagi urug‘lanish jarayonlarini yorug‘lik mikroskopi shuningdek elektron mikroskop yordamida o‘rganish bo‘yicha olib borilgan keyingi tadqiqotlar natijasi bu fikr to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan.
  • Sinergidlarni murtak xaltaning tuzilmasidagi holati shundaki, chang nayi mikropiledan o‘tganidan keyin sinergidlarning bittasi bilan bevosita ta’sirda bo‘lib, unga kiradi. Bu paytda chang nayi bo‘kishi kuzatiladi. Sinergidlar suv shimishi, ipli apparatning shilimshiqli g‘ovak massaga aylanishi natijasida chang nayini o‘zi orqali o‘tishiga imkon yaratadi. Sinergidlar bilan bevosita ta’sirda bo‘lgan chang nayi mahsulotlarini sinergidlarga to‘kadi. Sinergidning apikal qismini yupqa po‘sti shikastlanishi natijasida chang nayining bir qismi, sitoplazmali spermiy tuxum hujayra va markaziy hujayraning oralig‘iga o‘tadi.
  • Bu ma’lumotlarga asoslanib S.N.Navashin sinergidlar haqiqatdan ham spermiylarni tuxum hujayra va markaziy hujayra orasidagi “yoriq” joydan olib o‘tish vazifani bajaradi degan xulosaga kelgan. “Yoriq” bu – tuxum hujayraning apikal qismi bilan markaziy hujayra orasidagi joy hisoblanib, yetuk darajaga yetgan tuxum hujayrada odatda ko‘rinmaydi.
  • Chang nayining sitoplazmasi hujayralararo bo‘shliqqa qo‘yilganda uni kengaytiradi u yerda spermiylar ma’lum muddat davomida bo‘lib, keyinchalik tuxum va markaziy hujayralar tomonga xarakatlanishi elektron mikroskopda olingan ma’lumotlar ham tasdiqlagan.
  • Chang nayi shikastlagan sinergidda vakuolaning yo‘qolishi, sitoplazmani donador holga kelishi, sinergid va vegetativ hujayralarining yadrolari reduksiyalanishi kabi bir qator o‘zgarishlar kuzatilgan.
  • Ma’lumki, bir qator o‘simliklarda sinergidlardagi o‘zgarishlar unga chang nayi kirishidan oldinroq ro‘y bera boshlaydi. Chang nayi o‘tmagan sinergid ma’lum muddat davomida saqlanadi, ba’zan u ko‘p hujayrali murtak holida ham kuzatiladi.
  • Urug‘lanish me’yorida amalga oshishi uchun murtak xaltaga bitta chang nayini kirishi yetarli bo‘ladi. Biroq, ba’zi hollarda, ayniqsa changlanish me’yoridan ortiq darajada ro‘y berganida murtak xaltaga bir nechta chang nayini kirishi kuzatiladi. Ular o‘z mahsulotlarini ikkinchi sinergidga qo‘yadi. Odatda qo‘shimcha chang naylarining spermiylari urug‘lanishda ishtirok etmaydi, ular tushgan joyida asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi.
  • Ko‘p tadqiqotchilar urug‘chi ustuncha to‘qimasi va murtak xaltaga ko‘p sondagi chang nayining kirishini muhim omil ekanligini e’tirof etib, urug‘lanish jarayonini bir me’yorda ro‘y berishini va murtak hamda urug‘ning rivojlanish jarayoniga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling