Seleksiyada dominatlik va chala dominatlikdan urug`lanish va qo`sh urug`lanish


Download 11.71 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1798302
1   2   3   4
Bog'liq
Seleksiyada dominatlik va chala dominatlikdan urug`lanish va qo`sh urug`lanish

E.Strasburgerga qarshi I.N.Garojankin (1880) spermiylar chang nayida erimaydi, aksincha uning uchki qismidagi tirqishidan chiqib ularning bittasi tuxum hujayraga kiradi va uning yadrosi bilan qo‘shiladi degan fikrni ilgari suradi. I.N.Garojankindan keyin E.Strasburger ham huddi shunday jarayonni yopiq urug‘li o‘simliklarda kuzatadi. Monotrapa Hypopitis o‘simligida hosil bo‘layotgan ikkita spermiydan bittasi tuxum hujayraning yadrosi bilan qo‘shilayotganini kuzatib, bu hodisani urug‘lanish deb tavsiflaydi, lekin ikkinchi spermiyning vazifasi noma’lumligicha qoladi. L.Ginyar (Guignard, 1886) ham Cereus va Lilium o‘simliklarida spermiylardan birini tuxum hujayra bilan qo‘shilishini kuzatgan, lekin ikkinchi spermiy qanday jarayonda ishtirok etishini aniqlay olmagan.

  • E.Strasburgerga qarshi I.N.Garojankin (1880) spermiylar chang nayida erimaydi, aksincha uning uchki qismidagi tirqishidan chiqib ularning bittasi tuxum hujayraga kiradi va uning yadrosi bilan qo‘shiladi degan fikrni ilgari suradi. I.N.Garojankindan keyin E.Strasburger ham huddi shunday jarayonni yopiq urug‘li o‘simliklarda kuzatadi. Monotrapa Hypopitis o‘simligida hosil bo‘layotgan ikkita spermiydan bittasi tuxum hujayraning yadrosi bilan qo‘shilayotganini kuzatib, bu hodisani urug‘lanish deb tavsiflaydi, lekin ikkinchi spermiyning vazifasi noma’lumligicha qoladi. L.Ginyar (Guignard, 1886) ham Cereus va Lilium o‘simliklarida spermiylardan birini tuxum hujayra bilan qo‘shilishini kuzatgan, lekin ikkinchi spermiy qanday jarayonda ishtirok etishini aniqlay olmagan.
  • Shunday qilib, I.N.Garojankin, E.Strasburger, L.Ginyar tadqiqotlarining natijasida bitta spermiyning tuxum hujayrani urug‘lantirishdagi ishtiroki mutaxassislarda yakdil fikrni hosil bo‘lishiga olib kelgan. Ikkinchi spermiyni taqdiri haqidagi masalaga S.G.Navashin aniqlik kiritdi. Liliyadoshlar oilasining turkum o‘simliklarida murtak xaltadagi tuxum hujayrani urug‘lanishidan tashqari yana bitta urug‘lanish ro‘y berishida urug‘chi tomonidan markaziy yadro, otalik gametofit tomonidan ikkinchi spermiy ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Bu hodisa bitta spermiy tuxum hujayraning yadrosi bilan, ikkinchi spermiy markaziy yadro bilan qo‘shilishi qo‘shurug‘lanish nomini oldi.

Download 11.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling