Selektorlar turlari, css rang berish usullari, chegara, orqa fon, shrift, margin va padding xususiyatlari. Box model tushunchasi. Box model qoidalari


Download 0.82 Mb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1522221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliy ish webdannn

- qoida. Brauzer darchasidagi burchakli qavs ichiga joylashtirilgan istagan teg

yoki boshqa instruktsiya tashqariga chiqarilmaydi va HTML–fayl uchun ichki buyruq hisoblanadi.
HTML ning konstruktsiyasi TEG lar dеyiladi. Brauzеr TEG larni oddiy matnlardan
farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi.
Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kеrak. Etibor bеrgan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » bеlgisi bilan farq qiladi.
Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzеr bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyutеr tillaridagi kabi izoh bеrish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->»bеlgilar orasiga yoziladi.
Masalan:
<-- Bu izoh -->
Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha
qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va Asosiy qism
bo’limining barcha teglarida ishlatish mumkin. Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLE lardir. Parametrlar CLASS, ID, STILElar Internet Explorerning 3.0 versiyasidan boshlab va Netscapening 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar uslub (stil) lardan fodalanilganda kerak bo’ladi. Parametrlar LANG, LANGUAGE, TITLE lar faqat Internet Explorerning 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar mos kelgan foydalanadigan tillarni ko’rsatadilar (masalan, Rossiya uchun LANG=ru), skript yozish tilini (masalan, LANGUAGE=Java Script) va boshqalar. Zamonaviy HTMLda til teglari va unda ko’rsatilgan qiymatlar bilan birga, boshlang’ich HTML-kodda stsenariy kodlari (Java Script yoki VB Script) ham yoziladi. Ular to’g’risida keyingi mavzularda batafsil so’z yuritamiz.
Keling, endi HTML – hujjat yozishni boshlashda ishlatiladigan teg to’g’risida so’z yuritsak. HTML - hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu
tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo’lishi lozim. Yakunlovchi teg esa shakliga ega bo’lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishi bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCII-faylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko’pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML 4.0 da esa VERSION o’rniga parametri paydo bo’ldi. Yodga olishimiz lozim, 1997 yil iyun oyida HTML– standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan (yuqorida aytib o’tganimizdek) standartlarning eng oxirgisidir.
Umuman, HTML hujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog (muqaddima) ham kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi. Prolog quyidagi ko’rinishga ega:

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling