Sellyulozaning payvand sopolimerlari


Download 28.75 Kb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi28.75 Kb.
#1007322
1   2   3   4
Bog'liq
15-SELLYULOZANING PAYVAND SOPOLIMERLARI

T — absolyut temperatura (T ═ 273 + t°).
Keyingi vaqtlarda Vant-Goff bu formulani elektrolit bo‘lmagan eritmalarning osmotik bosimini aniqlash bilan ifodalash mumkinligini asoslab berdi:
Pc cRT yoki Pc
Bu formulaga ko‘ra osmotik bosimning topilgan qiymati hamma erituvchilarda turlicha bo‘lgani uchun o‘zgartirilgan quyidagi ko‘rinishidan foydalaniladi:
Pc
Bu formulada bir gramm moddaning eritma solishtirma hajm sferasida ta’sir etuvchi kuch S ham e’tiborga olinadi.
Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan osmometrlar yordamida sellyulozaning turli efirlarini har xil fraksiyalariga ajratib, turli erituvchilarda, turli konsentratsiyalarda osmometrik usullar yordamida xossalari o‘rganilmoqda. Osmometr yordamida olingan ma’lumotlar sellyuloza preparatlarining xossasi boshqa polimerlar eritmalarining xossalariga o‘xshash o‘zgarishi mumkinligini, ya’ni osmotik bosim F ning qiymatini konsentratsiyasi C ga nisbatan olingan qiymati sellyuloza efirlarida konsentratsiyaning kamayishi bilan kamayishini ko‘rsatadi.
Olimlardan Dobri ham nitrat sellyulozaning turli konsentratsiyali eritmalarining osmotik bosimini o‘lchash natijasida osmotik bosim eritma konsentratsiyasiga nisbatan turli erituvchilarda turlicha o‘zgaradi, degan xulosaga keladi. Bu o‘zgarishlarni yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkin. Eritmaning nol konsentratsiyasiga ekstropolyatsiya qilib topilgan osmotik bosimning keltirilgan qiymati bu maqsadlar uchun qanday eritma qo‘llanilayotganligiga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Undan tashqari, osmotik bosimning konsentratsiyaga nisbati: Pc/c ni konsentratsiya C bilan o‘zgarishi qo‘llanilayotgan erituvchining yabiatiga bog‘liq. Lekin nitrat sellyulozaning nitrobenzol eritmasida h/c ning qiymati bir oz kamayib boradi. Buning sababi sellyuloza molekulasining shu shu erituvchida qisman assotsiyalanishi bilan tushuntiriladi. Bunday yo‘l bilan turli olimlar tomonidan topilgan sellyulozaning molekulyar massasi 50 000 – 100 000 atrofida bo‘lishi taxmin qilinadi.
Osmometrlar har xil bo‘lib, ular membranalarining o‘rnatilishiga va ishlash protsessiga ko‘ra biri ikkinchisidan farq qiladi. Gorizontal va vertikal membranali osmometrlar, shisha membranali osmometrlar, yuqori temperaturada ishlaydigan va konsentrlangan eritmalar bilan ishlaydigan osmometrlar shular jumlasidandir.
Gorizontal membranali osmometrni 1936 yilda olimlardan Shuls topgan bo‘lib, uni Vagner o‘zgartirib mukammallashtirgan. Lekin bunday osmometrlarda muvozanat holat qaror topishi uchun 8 — 24 soat vaqt ketadi.
Vertikal membranali osmometr ham ikki xil bo‘lib, ular membranalarining bir va ikkita bo‘lishi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi.
X.U. Usmonov, M.I. Usmonova va Z.A. Rogovinlar osmometrini paxta sellyulozasi efirlarining xossalarini o‘rganishga tatbiq etdilar . Osmometrning bu konsentratsiyasi zanglamaydigan po‘latdan yasaladi.
Etilsellyuloza, benzilsellyuloza kabi sellyuloza efirlarining juda suyuq va konsentrlangan eritmalarining osmotik bosimi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Pocm ═ •dt
Bunda: ∆h — kapillyarga ko‘tarilgan suyuqlikning balandligi;
dt — erituvchining g/sm3 da ifodalangan zichligi;
1033,6 — bu bir fizik atmosferaga mos kelgan qiymat.
Olingan ma’lumotlarga asoslanib etil va benzil sellyuloza preparatlarining fizik-kimyoviy xossalarini osmometrik usul bilan o‘rganishda sellofandan yasalgan va 10 protsentli ishqor eritmasi shimdirilgan membrana sellyuloza efirlarining osmometrik xususiyatini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etishini, sellyulozaning etil va benzilsellyuloza efirlarining benzol, toluol va etilatsetat kabi erituvchilardagi eritmalarining osmotik xossalarini yuqori temperaturada ham o‘rganishga imkon beradi. Bu eritmalarning qovushqoqligini o‘rganish natijasida sellyuloza efirlarining o‘rtacha molekula massasini hisoblash mumkinligi va bu sellyuloza preparatlarining polidispersliligi aniqlanadi. Olimlarning bu sohada olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari shuni ko‘rsatadiki, osmometrik usul bilan topilgan molekulyar massaning qiymatidan bir necha marta kam bo‘lishi xarakterlidir.
Download 28.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling