Sellyulozaning payvand sopolimerlari


Download 28.75 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi28.75 Kb.
#1007322
  1   2   3   4
Bog'liq
15-SELLYULOZANING PAYVAND SOPOLIMERLARI


SELLYULOZANING PAYVAND SOPOLIMERLARI
Reja:

  1. Zanjirsimon polimerlanish

  2. Sellyulozaning payvand sopolimerlarining tarkibi va tuzilishi.

  3. Sellyulozaning payvand sopolimerlarining xossalari.

Sellyulozaning molekulyar massasi uning qator xossalarini tavsiflashda asosiy omillardan hisoblanadi. Molekulyar massasiga ko‘ra sellyuloza preparatlarini ikki ko‘rinishga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi alfa sellyuloza bo‘lib, u tabiiy sellyulozaning eng yuqori molekulali qismi hisoblanadi. Uning molekulyar massasi 50000-650000 va undan katta bo‘lishi mumkin. Shuning uchun paxtadan molekulyar massasi1 500000 ga teng sellyuloza ajratib olish mumkin.


Ikkinchi ko‘rinishdagi sellyuloza gemisellyuloza bo‘lib, uning molekulyar massasi
12 200 dan kichik, polimerlanish darajasi esa 100 dan kichik bo‘ladi. Binobaran paxtadan ajratib olinadigan sellyuloza katta molekulali bo‘ladi. Shuning uchun u 7000 dan 12000 va ba’zan 36 000 monomer zvenolaridan tashkil topadi. Molekulyar massasi esa 1 134000 dan 1 944000 gacha, ba’zan 5 832000 ga yaqin bo‘ladi. Viskoza tolasida bu qiymat 20000 dan 230 000 orasida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sellyuloza preparatlarining molekulyar masssasini topib, ullarning ximiyaviy xossalari haqida xulosa chiqarish mumkin.
Sellyulozaning molekulyar massasi turli usullar yordamida topiladi. Bu usullardan sellyulozaning polimerlanish darajasini aniqlab, so‘ngra uning molekulyar massasini hisoblash usuli muhim o‘rin tutadi. Bu usulga binoan chiziqsimon tuzilishga ega bo‘lgan sellyulozaning molekulyar massasi bilan uning polimerlanish darajasi (SP) orasidagi bog‘lanishdan foydalaniladi.

M ═ 162 SP; SP ═


Bu yerda M- sellyulozaning molekulyar massasi;


162- sellyuloza elementar zvenosining molekulyar massasi;
SP- sellyulozaning polimerlanish darajasi.
Sellyulozaning molekulyar massasini aniqlash uchun sintetik polimerlarning molekulyar massasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan hamma usullardan foydalanish mumkin. Buning uchun sellyuloza va uning efirlaridan foydalaniladi. Bu usullarni 2 tipga, ya’ni ximiyaviy va fizika-ximiyaviy tiplarga ajratish mumkin. Sellyulozani molekulyar massasini aniqlashning ximiyaviy usuli uning makromolekulasidagi oxirgi funksional gruppalarni aniqlashga asoslanadi. Bu usulga binoan ximiyaviy reaksiya geterogen(ko‘p jinsli) sistemada olib boriladi.
Fizika-ximiyaviy usullarga binoan reaksiya bir jinsli sistemada olib boriladi. Buning uchun sellyuloza va uning efirlarini avval eritma holiga o‘tkazib, so‘ngra uning tegishli parametrlari aniqlanadi. Sellyulozani eritma holiga o‘tkazishuchun quyidagi moddalardan foydalaniladi:

  1. Polivalentli metall gidroksidlarning ammiak yoki aminlar bilan hosil qilgan kompleks birikmalaridan foydalaniladi. Bulardan mis ammiakati eritmasi ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan tashqari, misning kooksan kompleks birikmasi trietilendiaminkuprit ikki gidroksid [Cu(H2NCH2CH2NH2)3](OH)2 va kobaltning kooksan kompleks birikmasi, nikelning trietiendiaminokobalt ikki gidroksid [Co (H2NCH5CH2NH2)](OH) deb ataladigan nioksam kompleks birikmasi, geksaaminnikel ikki gidroksid nikelning nioksen kompleks birikamasi, trietilendiaminnikel ikki gidroksid, ruxning sinkoksen kompleks birikmasi, trietilendiamin rux ikki gidroksid ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda bu maqsadlarda kadmiyning kadoksen birikmasi [Cd (H2NCH2CH2NH2)3](OH)2, temirning tartrat kislota bilan hosil qilgan kompleks birikmasi keng foydalaniladi. U sanoatda sellyuloza uchun erituvchi sifatida keng qo‘llanilmoqda. Bu moddalarning mis ammiakati eritmasidan afzalligi shundaki, ayni erituvchilar ta’sirida hosil qilingan sellyuloza eritmasi uzoq vaqt saqlanganda ham o‘zining dastlabki xususiyatini yo‘qotmaydi. Undan tashqari, bu erituvchilar ta’sirida sellyuloza eritmasini hosil qilish juda oson va maxsus sharoitlar talab etilmaydi.

2. Konsentrlangan (85-90% li) fosfat kislota ham erituvchi sifatida ishlatiladi. Uning kamchiligi shundaki, hatto past temperaturada ham sellyuloza qisman gidrolizlanishi mumkin. Shuning uchun eritma tayyorlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
a) sellyulozaning molekulyar massasini aniqlashda eritmada uning destruksiyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu hodisa sellyulozani nitrolash protsesslarida kuzatiladi. Nitrolash protsessi 0° da nitrat, fosfat kislotalar hamda fosfat angidrit ishtirokida olib boriladi;
b) sellyulozaning molekulyar massasini aniqlashda uning polidispersliligiga alohida e’tibor berish kerak. Chunki sellyuloza eritmasida kichik molekulali fraksiyalari bo‘lishi va ular noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin;
v) sellyulozaning molekulyar massasini iloji boricha aniq topish uchun bir qancha tajriba olib borilib, hosil qilingan natijalarning o‘rtacha qiymatidan foydalaniladi. Topilgan o‘rtacha qiymat asl qiymat sifatida qabul qilinadi.



Download 28.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling