Sellyulozaning payvand sopolimerlari


Sellyulozaning payvand sopolimerlarining xossalari


Download 28.75 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi28.75 Kb.
#1007322
1   2   3   4
Bog'liq
15-SELLYULOZANING PAYVAND SOPOLIMERLARI

3. Sellyulozaning payvand sopolimerlarining xossalari.
Sellyulozaning molekulyar massasini fizika-kimyoviy usullar yordamida aniqlash qadimdan ma’lum bo‘lsa ham, olingan biri-ikkinchisidan farq qiladi va yetarli aniqlikka ega emas edi. Keyingi vaqtlarda yangidan-yangi zamonaviy qurilmalar tatbiq qilinishi natijasida bu usullar takomillashtirildi. Bular quyidagilar:
Osmometrik metod. Bu usul ancha vaqtlardan beri ma’lum bo‘lib, elektrolit bo‘lmagan suyuqliklarning osmotik bosmini aniqlashda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu osmometrlar eritmaning osmotik bosimini aniqlashda gazlarga tegishli qonunlardan kelib chiqadigan natijalarni suyulikning osmotik bosimiga tatbiq etishga asoslanadi. Bunda bir gramm polimer eritmasining osmotik bosimini aniqash bilan uning molekulyar massasini hisoblash mumkin.
Osmometr bilan ishlash quyidagi prinsipga asoslangan: eritma maxsus tayyorlangan yarim o‘tkazgich membranadan o‘tish xossasiga ega bo‘lib, erituvchi esa undan o‘ta olmaydi. Binobarin ish boshlanib kapillyar orqali ko‘tarilgan eritmaning balandligi maxsus gorizontal holatda ishlaydigan mikroskop yordamida kuzatilib, tegishli millimetrlarga bo‘lingan shkala yordamida o‘lchanadi. Eritma kapillyarda ma’lum belgigacha ko‘tarilib, shu joyda to‘xtagach, hisoblash ishlari olib boriladi.
Molekulyar massa quyidagi formulaga ko‘ra hisoblanadi:
M ═ (h/c)
Bunda R — gaz doimiysi, 0,082 l/atm,
T — absolyut temperatura (273 + t°),
t — tajriba olib boriladigan xona temperaturasi,
d — eritmaning zichligi, g/sm3,
h — kapillyarda ko‘tarilgan suyuqlikning balandligi, sm,
c — tajriba uchun olingan eritmaning konsentratsiyasi, g/l
Demak, eritmaning konsentratsiyasi ma’lum bo‘lsa, uning kapillyarda qanday balandlikka ko‘tarilganligi aniqlangandan so‘ng tegishli diagramma tuzib hisoblash mumkin. Masalan, biror suyultirilgan eritma uchun C = 2134 g/l bo‘lsa, ∆h = 0,24 sm ga ko‘tarilgan bo‘ladi, bu qiymatning eritma konsentratsiyasiga h/c = 1,125 qiymatga teng bo‘ladi. Bunda o‘xshash misollarni shu sharoitda olib borilgan 6 — 8 marta takrorlangan tajribalar uchun hisoblab chiqib, ularning o‘rtacha qiymati aniqlanadi. Bu qiymatlardan foydalangan holda tegishli diagramma tuziladi va C ning qiymati topilib, hisoblash ishlari olib boriladi.
Osmometrik metod sellyuloza tipidagi turli polimerlarning o‘rtacha molekulyar massasini topishda keng qo‘llaniladi. Lekin bu metodning kamchiliklari ham bor:

  1. Molekulyar massasining qiymati 20000 dan kichik bo‘lgan polimerlar preparatlarining aniq qiymatini aniqlash bir muncha qiyin. Chunki bu preparatlar uchun tegishli membranalarni tayyorlash ancha murakkab.

  2. O‘rganilayotgan polimerning polimerlanish darajasi qiymati turlicha bo‘lsa, u vaqtda polimer polimerlanish darajasi asosida molekulyar massasining o‘rtacha qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

  3. Polimer moddalarning eritmalarida qisman destruksiyalanish protsessi ketsa, polimerning molekulyar massasi turlicha qiymatda bo‘lib qolishi mumkin.

  4. Osmotik bosimni aniqlashda polimer preparatlarining eruvchanligi turlicha bo‘lib, ularga mos erituvchilarning xili kam bo‘lganligi sababli bu metod bir muncha kam qo‘llaniladi.

Mendelev-Klapeyron tenglamasidan polimerlar osmotik bosimini aniqlashda foydalanish mumkin:
PV nRT yoki PVRT

Bunda: n — gramm hisobidagi har qanday moddaning molekulyar massasi bilan quyidagicha bog‘lanish mavjud n ═ m/M;


P — gazning mm simob ust. Yoki atm. bosimi;
V — gazning hajmi (ml yoki l hisobida);
m — gazning massasi (g hisobida);
Mgazning molekulyar massasi;
R — gaz doimiysi, uning birligi gaz bosimi va hajmi qanday birlikda olinganiga qarab, 62400 mm ml gradus/mol yoki 0,082 litr atm, gradus/mol bo‘lishi mumkin.

Download 28.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling