Sement sanoati qurilish ma-teriallari


Download 100.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi100.08 Kb.
#1570295
Bog'liq
Sement sanoati



Sement sanoati
Sement sanoati - qurilish ma-teriallari
sanoatining eng yirik tarmogʻi.
Portlandsement, putssolan
portlandsementi, toshqol portland-
sementi, shifer, asbotsement quvurlar,
ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqaradi. Sement dastlab 1824-yilda
Angliyaning janubidagi Portlend shahri
yaqinida ("portlandsement" nomi
shundan) ingliz ixtirochisi J.Aspdin
tomonidan maʼlum nisbatlarda qoʻshilgan


ohak va tuproq aralashmasini kuydirib
olingan. 19-asrning 30-yillaridan boshlab
Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya,
Germaniyada sement zavodlari qurila
boshlandi. 19-asrning 70-yillariga kelib
sement jahon qurilish texnikasi
rivojlanishining asosiy yoʻnali-shini
belgilab, yig'ma temirbetonning kashf
etilishiga olib keldi. 20-asr davomida
jahonning rivojlangan mam-lakatlarida
Sement sanoati yuqori surʼatlarda oʻsdi
va sement ishlab chiqarishning umumiy
hajmi 1500 mln. tonnani tashkil etdi
(1998). Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan
Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement zavodi
1913-yildan qurila boshlagan. 1926-yilda
korxona qayta ishga tushirildi. 1932-yilda


Quvasoy sement zavodida turli
markadagi sementlar ishlab chiqarila
boshlandi. 50-yillardan bu korxonalar
kengaytirilib, kombinatlarga aylantirildi,
ularda sementdan tashqari shifer, ohak,
asbotsement quvurlarni i.ch. yoʻlga
qoʻyildi. Xalq xoʻjaligining sementga
nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini
qondirish maqsadlarida 1962-yilda yillik
quvvati 1,7 mln. t boʻlgan Ohangaron
sement kombinati, 1976-yilda yillik loyiha
quvvati 3,4 mln. t boʻlgan Navoiy sement
kombinatining 1-navbati (yillik quvvati
1150 ming t) ishga tushirildi. 70-yillar
oʻrtalariga kelib Sement sanoatida 3536
ming t turli markadagi sement ishlab
chiqarildi.


90-yillar oʻrtalaridan tarmoq korxonalari
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi,
rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi,
chet el texnologiyalari bilan jihozlandi.
"Ohangaron-sement" aksiyadorlik
jamiyati huzurida "Ohangaron rangli
sement" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma
korxonasi tashkil etildi (1995).
"Qizilqumse-ment" aksiyadorlik jamiyati
(sobiq Navoiy sement zavodi)da i.ch.
quvvatla-rini toʻliq ishga solish tadbirlari
amalga oshirildi. Oʻzbekistan Sement
sanoatida gidrotexnika va yer osti
inshootlari qurishda yuqori namlik va
muzlash sharoitlarida ish-latiladigan,
sement muddati va yaroqliligi hamda
yuqori sifati betonni suv oʻtkazmaydigan,


chidamli boʻlishiga koʻmaklashadi.
Kislotaga chidamli M400 va M500
markali portlandsement, avtomobil
yoʻllari va aeroportlar qurilishida
ishlatiladigan portlandsement, neft va
gaz quduqlarini burgʻulashda
ishlatiladigan tamponaj sementi,
shuningdek, putssolan sementi, ohak va
may-dalangan ohak, shifer, qurilish gan-
chi, mineral paxta va boshqa ishlab
chiqariladi. 2003-yilda Oʻzbekiston
Sement sanoati korxonalarida 4062,5
ming t sement, 313,7 mln. dona shartli
shifer taxtalari ishlab chiqarildi (2002-
yilda tegishlicha 3926,7 ming t sement;
298,8 mln. dona shartli shifer taxtalari).
Respublika Sement sanoati korxonalari


mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.
Xorijiy mamlakatlardan AQSH,
Germaniya, Italiya, Yaponiya va Fransiya
sement i.ch. boʻyicha jahonda yetakchi
oʻrinlarni egallaydi. Nuriddin Musayev.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Sement_sanoati&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sement_sanoati&oldid=35064
19
" dan olindi 


Bu sahifa oxirgi marta 20-Dekabr 2022, 14:27 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 100.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling