6-Savol: Gimnastika darslarining qismlari?
Javob: Darsning asosiy qismi quyidagi vazifalarni yechadi:
Umumiy vazifalar. Jismoniy tarbiya va sport yo’nalishida ta’lim oladigan o’quvchilar faoliyatining sportning gimnastika bo’yicha yo’nalishini belgilaydigan umumiy vazifalar quyidagilardir:
1. O’quvchilar organizmining funksional imkoniyatini oshirish, irodaviy, jismoniy tayyorgarligi va ish qobiliyatini rivojlantirish.
2. Shug’ullanuvchilarning yangi sport, safva umumrivojlantirish mashqlari, harakat malakalarini shakllantirish va ko’nikma darajasiga ko’tarish. O’rganiladigan mashqlarni bajarish texnikasi va ularni bajarish to’g’risida yangi uslubiy ma’lumot beradi.
3. Gimnastika mashg’ulotlari mehnatga, o’qishga, irodali bo’lishga, atrofdagilar va o’rtoqlariga xayrxohlikka faol va ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalaydi.
Gimnastika darsida, dars kim bilan o’tkazilishidan qat’inazar, shu vazifalar hal qilinadi.
O’quvchilar to’siqlarni oshib o’tish yoki gimnastika jihozlarida mashqlar texnikasi, har xil o’yinlar va estafetalarni o’zlashtirishi bilan bir paytda o’z jismoniy sifatlarini ham rivojlantiradilar. Gimnastika mashqlarini o’rgatishda jismoniy sifatlarni tarbiyalash sekin va qiyinchilik bilan rivojlanadi. Bu holni to’g’rilash uchun darsning asosiy qismida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni ta’minlaydigan maxsus mashqlarni bajarishga vaqt ajratish, mashq bajarishning nisbatan oddiy shaklini tanlash va yangi pedagogik texnologiya usulidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |