Seminar-1 O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. O‘zbekiston tarixinnng eng qadimgi davri
Download 36.43 Kb.
|
1-Topshiriq
Seminar-1 O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. O‘zbekiston tarixinnng eng qadimgi davri 1.O`zbеkiston tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari. Nazariy-metodologik asoslari xaqida nima bilasiz. 2. O`zbеkiston tarixi fanini manbalari nima bilasiz. 3. O`rta Osiyo ibtidoiy tarixining davr va bosqichlari xaqida nima bilasiz. 1-javob Oliy ta’lim talabalariga fanni o’qitishdan asosiy maqsaq yurt tarixini yaxwiroq bilishdur.Biz talabalarga bilamizki tarix faninig o’qitilishidan asosiy maqsad har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmunligini o’rganishimiz zarurligi. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq, shiddatli chorrahalaridan biri bqliab, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashchuvi sodir bqlgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Al-Xorazmiy, Farobiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Beruniy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqdalar. «O’zbekiston tarixi» fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va yqqsillarni himoya qilgan tarzda, ularning manfaatiga bo’ysundirilgan holda yoritildi. Download 36.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling