Seminar 10. 22. 04. 2022 Mavzu: Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda tarix fani Case study Muammo


Download 21.53 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1385495
Bog'liq
10-mavzu case


Seminar 10. 22. 04. 2022


Mavzu: Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyoda tarix fani


Case study
Muammo: Mustaqillik yillarida yaratilgan tarixga oid asarlarni yaratishdago yondashuvlar

Mustaqillik yillarida tarix faniga yondashuv, tadqiqotlar ko‘lami yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida sodir bo‘lgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy va strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Shuningdek, Sovet davrida o‘rganish ta’qiqlangan hamda noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular ilmiy holislik asosida - milliy mustaqillik nuqta-i nazaridan qayta mushohada qilindi va o‘rganila boshlandi. Biroq, Mustaqilligimizning dastlabki yillarida yozilgan tarixga oid ilmiy ishlar va asarlarni haqqoniy tarixni yoritgan deb ayta olmaymiz. Dastlabki yillarda bir yoqlamalik, shuningdek, Markaqziy Osiyo respublikalarining har birida o’zining davlatchilik ham da etnik kelib chiqishini qadimiylashtirish, hech qanday ilmiy asoslanmagan holda bo’rttirib ko‘rsatish holatlari yaqqol namoyon bo‘di.
Shu sababdan mustaqillik yillarida tarix fanini yangi jamiyat nufuziga mos kelishida uning mazmun-mohiyatini belgilovchi va tashkiliy sohasini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi. Bu bo‘yicha birinchi qadam 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi”ning tashkil etilganligi edi.
Shuningdek, tarix fanining istiqboldagi rivojini belgilashda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil iyun oyida bir guruh yetakchi tarixchi olimiar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda mamlakat Prezidenti tarix fani ahvolini tahlil qilib, tarixchilar oldiga tarix fani oldidagi muammolarni hal qilish vazifalarini qo‘ydi.
Tarixchi olimiar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan boigan uchrashuvdan keyin e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan o‘zgartirish uchun asos bo‘ldi. Vazifalami hal qilish jarayonida mazkur institut mamlakat tarixchilarini o‘z atrofiga birlashtirib, tom ma’noda, ilmiy tadqiqotlami muvofiqlashtiruvchi o‘ziga xos markazga aylandi. Islom Karimov tashabbusi va tarixchi olimlarning sa’y-harakatlari bilan “O‘zbek xalqi va uning davlatchiiigi tarixi” konsepsiyasi ishlab chiqildi va shu paytdanboshlab tarix fani sohasidagi tadqiqotlar ushbu konsepsiya asosida muvofiqlashgan holda amalga oshirila boshlandi.
Tarixiy tadqiqotlar ko‘lami kengayib, yangi ilmiy yo‘nalishlar vujudga keldi. Haqqoniy talqin va tahlilga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy olgan bo‘lsada bugungi kunga qadar ham ba’zi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda muammolar haligacha saqlanib kelmoqda.
Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling