Seminar ishi Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. Reja


Download 20.08 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.08 Kb.
#209886
Bog'liq
Seminar ish


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Talim Vazirligi

Farg’ona Davlat Universiteti

“Sanatshunoslik” fakulteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi

2-bosqich talabasi Xasanova Maftunaxoning

“Umumiy pedagogika” fanidan



Seminar ishi

Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari.

Reja:

1. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi


2. Ta`limni boshqarish organlari



3. Oliy ta`lim tizimi





O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim ‖11
Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat,  jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. 
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi: 
-maktabgacha ta‘lim;
-umumiy o‘rta ta‘lim;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
-oliy ta‘lim; 
-oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta‘lim.
O`zbekiston Respublikasida  ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin.

Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.


O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.  6-7 yoshgacha  bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim tizimi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.


Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:
  • xususiy yoki davlat qaramog’ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari;


  • oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari;


  • davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.



Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat — bu to’rt yil davom etuvchi yo’naltirilgan nazariy va amaliy bilim beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o’qitish niho siga etgach talaba davlat attestatsiyasining kuniy xulosasiga muvofiq o’qitilgan yo’nalish asosida “bakalavr” darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi.

Magistratura — bu ikki yil davom tadigan aniq yo’nalish asosida nazariy hamda amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom ttirilishi mumkin bo’lgan oliy ta`lim bosqichi. Magistraturada o’qish kunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi kommisiyasining kuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan “magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.Oliy ta`lim muassasalari. Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega.

Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor


  • universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;


  • akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;


  • institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.




Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.
Download 20.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling