Seminar ishi Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. Reja
Download 20.08 Kb.
|
Seminar ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Talim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti “Sanatshunoslik” fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Xasanova Maftunaxoning “Umumiy pedagogika” fanidan Seminar ishi Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. Reja: 1. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi2. Ta`limni boshqarish organlari3. Oliy ta`lim tizimiO‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim ‖11 Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi: -maktabgacha ta‘lim; -umumiy o‘rta ta‘lim; -o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; -oliy ta‘lim; -oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; -kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta‘lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta`lim tizimi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling