Seminar mashg’ulot mavzulari: 1-Seminar mashg’uloti


Download 11.65 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi11.65 Kb.
#1838352
Bog'liq
1-seminar-1


  1. Seminar mashg’ulot mavzulari:

1-Seminar mashg’uloti: Kutubxona-axborot xizmati texnologiyasi

Reja:


  1. Texnologiya va kutubxona – axborot xizmati texnologik jarayonlari haqida tushuncha

  2. Ma’lumot va axborot sо‘rovining kutubxona – axborot xizmatidan foydalanuvchilar qiziqishi va ehtiyoji bilan bog‘liqligi

  3. Foydalanuvchilar qiziqishining о‘z mazmuniga kо‘ra tasniflanishi

  4. Kutubxona – axborot xizmatining tasniflanishi

  5. Kutubxona–axborot xizmatini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari

Texnologiya iborasi grekcha – “techne” – mahorat, san’at va “logos” – ta’limot, о‘rgataman yoki о‘rganaman ma’nosini anglatadi. U kutubxona – axborot xizmatiga ishlab chiqarish sohasidan kirib kelgan. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olib qaralganda, texnologiya mehnat obyektiga maqsadga muvofiq ta’sir etib, uning holati, xususiyati, shakli kabilarni о‘zgartirish sanati, mahoratini о‘zlashtirish ma’nosini anglatadi. Kutubxona–axborot xizmati nuqtai nazaridan olib qaralganda, texnologiya foydalanuvchilar ongi, tafakkuri, his-tuyg‘ulari, sezgilariga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda kо‘zda tutilgan bilim, kо‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish tizimi sifatida ta’riflanadi. Bunda kutubxona – axborot xizmati jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy va turli zamonaviy vositalardan foydalana olish imkoniyatlari hisobga olinadi. Kutubxona–axborot xizmati kо‘rsatish jarayonida foydalanuvchining ma’naviy yetukligi; moddiy va ma’naviy qadriyatlarni о‘zlashtirishi uning shaxsiy faoliyati orqali amalga oshadi. Agar foydalanuvchi о‘zining ma’lumot va axborotlarni о‘rganish, mutolaa, bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa о‘zlashtirgan bilimlari yuzaki xarakterga ega bо‘ladi. Bundan har bir foydalanuvchining aqliy yetukligida mavjud muhit bilan birga shaxsiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Foydalanuvchining faoliyati uning ichki dunyosi, tafakkur kechinmalari, diqqati, hayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq. |Kutubxonachining mahorati eng muhim, zaruriy ma’lumot, axborot, turli nashr mahsulotlarini tavsiya etish, foydalanuvchida unga nisbatan ongli munosabatni paydo qiladigan holatni tashkil etishdan iborat.


Kutubxona – axborot xizmatining hal qiluvchi mexanizmi foydalanuvchilar qiziqishi va foydalanuvchilar ehtiyojiga kо‘ra asoslanadigan foydalanuvchi sо‘rovidir. Foydalanuvchi sо‘rovi foydalanuvchi tomonidan kutubxonachiga bosma nashr yoki axborotni topib berish sо‘ralgan iltimosni anglatadi. Foydalanuvchi sо‘rovi muayyan yoki nomuayyan bо‘lishi mumkin. Foydalanuvchining muayyan sо‘rovi aniq bosma nashr, axborot yoki mavzuga oid, ya’ni mavzu yoki muammoning mazmunini, mohiyatini yoritishga yordam beruvchi axborotni topishga yordam sо‘ragan holda kutubxonachiga murojaat qilishidir. Foydalanuvchilar qiziqishi shartli ravishda badiiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, axborotshunoslik singari adabiyotlar sohasiga asosan tasniflanishi mumkin. Ushbu sohalarning ichki tizimiga kо‘ra qiziqishlar janrlar, mavzular, mualliflar, asarlar va h.k…larga nisbatan ifodalanadi. Amaliyotda kо‘rilganidek, ba’zan qiziqishlar bir emas, bir necha yо‘nalishlarda namoyon bо‘ladi. Foydalanuvchilarning qiziqishlari faol va passiv, barqaror va beqaror, chuqur va yuzaki, keng diapazonda yoki tor doirada bо‘lishi mumkin. Foydalanuvchi qiziqishi umuman shaxsning mutolaaga ehtiyoji, xususan, aniq nashrga mutolaa ehtiyoji bilan umumiy aloqadorlikda shakllanadi. Mutolaa ehtiyoji – shaxsning aqliy, ma’naviy va hissiy rivojlanishi bilan mustahkam aloqadorlikdagi muhim ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Mutolaaga bо‘lgan ehtiyoj jarayoni murakkab bо‘lib, bolalaikdan shakllana boshlaydi va unga oila muhiti, shaxsiy kutubxonaning mavjudligi va h.k… omillar ta’sir о‘tkazadi. Ichki qо‘zg‘atuvchi kuch sifatida tadqiqotchilar mutolaa motivini va mutolaaga rag‘batni alohida ta’kidlab kо‘rsatadilar. Foydalanuvchilar qiziqishi mutolaa ehtiyoji natijasida kelib chiqadi va rivojlanadi.
Kutubxona – axborot xizmati foydalanuvchiga qulayligi, bajaruvchi bilan birligi, kutubxona resurslaridan foydalanishning ta’minlanganligi sifatlariga ega bо‘lib, umumlashtirilgan natija sifatida namoyon bо‘ladi. Kutubxona – axborot xizmatining turlari foydalanuvchilar uchun barcha imkoniyatlarning yaratilishi nuqtai nazaridan ahamiyatlidir. Kutubxona – axborot xizmati turlariga kо‘ra quyidagicha tasniflanadi:
– Abonoment xizmati; – Ma’lumot-tahliliy xizmat; – Kundalik axborot xizmati; – Aniq muammolar bо‘yicha axborot berish xizmati; – О‘quv-maslahat xizmati; – Kutubxona muloqotini tashkil etish bо‘yicha xizmatlar; – Kutubxonada qulaylikni tashkil etish bо‘yicha xizmatlar; – Tarjimachilik xizmatlari; – Nusxa kо‘chirish xizmatlari; – Muqovalash xizmatlari. Kutubxona – axborot xizmati jarayonlariga yangi texnik vositalar va axborot texnologiyalarining kirib kelishi xizmat kо‘rsatishning yangi usullari va shakllarining paydo bо‘lishiga olib kelmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, yanada takomillashgan texnika vositalarning paydo bо‘lishi bilan kutubxona – axborot xizmatining turlari ham kо‘payib bormoqda. Ularga elektron kataloglar va ma’lumotlar bazasi tо‘la matni bо‘yicha qidirish, hujjatlarni elektron tarzda yetkazish, virtual ma’lumot xizmati, kompyuter savodxonligiga о‘rgatish, masofaviy о‘qitish, muharrirlik va nashriy xizmatlar, turli ilmiy nashrlardan nusxalar olish, skaner qilish, videoyozuvlardan nusxalar olish, internet – kafelar, internet – о‘quv zallaridan foydalanish kabilarni kiritish mumkin. Bugungi kunda kutubxonalar foydalanuvchilarga portativ kompyuterlar (noutbuklar), videoapparatlar, kartinalar, skulptura asarlarini vaqtinchalik foydalanishga bermoqdalar. Eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kutubxonalar foydalanuvchilarga tahliliy sharhlar, daydjestlar taqdim qilmoqdalar.
Download 11.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling