Seminar mashg’uloti №29 Mavzu: Radiatsiyaviy avariya sodir bo„lganda aholining hatti-harakati tavsiflash Mashg’ulot maqsadi


Download 193.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.02.2023
Hajmi193.14 Kb.
#1135990
Bog'liq
29-amaliy



SEMINAR MASHG’ULOTI №29 
Mavzu: Radiatsiyaviy avariya sodir bo„lganda aholining hatti-harakati tavsiflash 
Mashg’ulot maqsadi: talabalarga Radiatsiyaviy avariya sodir bo„lganda 
aholining hatti-harakati tavsiflashni tushuntirish. 
Kimyoviy element (uran, toriy, radiy va boshqa)lar atom yadrolarining o„zo„zidan 
parchalanishiga hamda ular atom soni hamda massasi raqamining o„zgarishi 
radioaktivlikdir. Ushbu xususiyatga ega bo„lgan kimyoviy elementlar radioaktiv 
elementlar hisoblanadi.
Ma‟lumki, o„zidan nur tarqatishi va odam organizmida “nurlanish” deb 
nomlanadigan kasallikni vujudga keltirish mumkin bo„lgan radioaktiv moddalar 
sanoatning qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kelinmoqda. Bularni 
saqlash, ishlatish va chiqarib tashlash, jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya 
etilmasa og„ir oqibatlarga, atrof-muhitning radioaktiv zararlanishiga, odamlarning, 
mavjudotlarning halok bo„lishi va o„simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib 
keladi.
Radiatsiyaviy halokat – sodir bo„lgan voqelik bo„lib, uning natijasida radioaktiv 
moddalar parchalanishi tufayli nurlanish hosil bo„ladi. Radioaktivlik miqdori 
chegaralangan me‟yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni 
vujudga keltirmasligi lozim. Bu boradagi halokatlarning 3 turi ma‟lum:
• bir korxona chegarasida-bunda xavfli radiatsiyaviy inshootda yo„l qo„yilgan 
nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo„lgan moddalar muayyan inshootdagi 
uskunalar chegarasida bo„lib, tashqariga chiqmaydi.
• mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo„lgan moddalar miqdori 
birmuncha yuqori bo„lib, u butun sanitariya-himoya hududiga tarqalishi mumkin va 
zarari ham yuqori darajada bo„ladi. O„z miqdoriga ko„ra shu radiatsiyaviy xavfli 
inshoot uchun belgilangan me‟yordan oshiq bo„lib, radioaktivlashgan holatning 
ta‟siri katta hisoblanadi;
• umumiy – radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo„lgan nosozlik tufayli, 
halokatning katta hududga tarqalishi va odamlarning nurlanishga olib kelishi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin bo„lgan 


radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari ko„p. Ular atom stantsiyalari, yadro 
yoqilg„isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori mavjud bo„lgan ilmiy-tadqiqot 
institutlari va h.k. Og„ir sharoit vujudga kelgan chog„da, issiqlik yoki yadro 
portlashi sodir bo„lishi mumkin.
Radiatsiya holati – belgilangan xavfsizlik me‟yorlaridan yuqori bo„lgan hamda 
radioaktiv mahsulotlar va ionlashtiruvchi nurlarning paydo bo„lish(chiqish)i 
favqulodda vaziyatga olib keladi.
Hududning zararlanish darajasi – radiatsiya darajasida baholanadi va soatiga 
rentgen yoki radlarda o„lchanadi.
Insonlarning zararlanish darajasi – tashqi nurlanish natijasida radiatsiya 
dozasining kattaligi bilan aniqlanadi va rentgen yoki radlarda o„lchanadi.
Radiatsiya xavfi sodir bo„lishdan oldin aholi tomonidan ko„rilishi kerak bo„lgan 
chora-tadbirlar:
gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalaridan foydalanish 
qoidalarini bilish;
• dokali paxta niqobni tayyorlash va ishlatish usullarini bilish;
• zararlangan (zaxarlangan)larga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish usullarini 
o„rganish;
• tibbiy yordam ko„rsatish qutichasini tayyorlab qo„yish va unda albatta yodli 
preparat bo„lishini ta‟minlash;
• oila a‟zolari muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panajoy va 
yerto„lalar qayerdaligini bilish;
• elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o„chirishni bilish;
• xonadon (kvartira)ga tashqaridan havo kirishini to„xtatish choralarini ko„rish; 
deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab 
qo„yish;
• mustaqil ravishda radioaktiv muhitni va oziq-ovqat mahsulotlarining 
zararlangan (zaxarlangan)lik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr bo„lishini 
ta‟minlash;
• ekstremal holatlarda tezkor evakuatsiyaga tayyorlanishni bilish, radiatsiyadan 


nurlanish darajasi g„ishtli binolarda 510 marta, temirbeton uylarda undan ko„p va 
yerto„lalarda 300-400 marotaba kamayishini bilish kerak.
• radiatsiya xavfi haqida ma‟lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo„lgan 
chora tadbirlar:
• hamma oila a‟zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va 
zarurati bo„lganda darhol uni taqib olish;
• yakka muhofaza vositalari bo„lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlashi va 
zarurati bo„lganda darhol taqib olish;
• xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
• oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora 
– tadbirlarini ko„rish;
• olingan ma‟lumotlar va ko„rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga 
tayyorgarlik ko„rish va yashayotgan xonadon (kvartira)dan chiqib, oldindan 
rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panajoy va yerto„lalarga yashirish;
• panajoy va yerto„lalardan foydalanish imkoniyati bo„lmasa, uyda deraza va 
eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish, qalin mato bilan yopish zarur.

Download 193.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling