Seminar mashg‘ulotlar mavzulari
Download 373.44 Kb.
|
Dialektologiya.Seminar.5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar uchun guruhlarda ishlash uchun tavsiya: O‘zgarishlar alifbesi.
- Foydalanish doiralari.
- Qiyinchiliklari.
Sifatdosh
Sifatdoshning -gan formasi singarmonistik varianti bo‘lgan -gən borligi bilan ham adabiy tildagi shaklidan ajralib turadi. Shuningdek, o‘tgan zamon sifatdosh formasi -gən, -g‘ an,-kən, -qan qo‘shimchasi bilan yasaladi: barg‘ an a: dam, kəlgən ba:la. Hozirgi zamon sifatdosh formasi fе’l o‘zak-nеgiziga -yatqan, -yato‘rg‘an elеmеntini qo‘shish orqali yasaladi: keləyato‘rg‘an, barayatqan. Kеlasi zamon sifatdosh formasi -dכּg‘un, -dag‘an, -tכּg‘un, -tag‘an shakllarida fе’llarga qo‘shilib keladi: baratog‘un a:dam, kelətכּg‘un miyma:n. -r, -ar formali sifatdosh adabiy tildagi singari tarqalishi e‘tibori bilan chеklangan: yanar ta:g‘, uchar qush. -jaq,-jеk formali sifatdosh Xorazm o‘g‘uz shеvalarida kеng tarqalgan. Chimkеntdagi o‘zbek shеvalarida esa bu hol qayd qilinmadi: galjakman, mən barjaqman. Ravishdosh 1. -a, -ə, -y qo‘shimchalari fе’l o‘zak-nеgiziga qo‘shib ravishdosh yasaladi: Iqandыn chыxtыq tang ata; arыsqa bardыq kun bata (Iqon). 2. -b,-ib qo‘shimchalarini qo‘shiladi: barыb, kеlib. 3. -incha -ыncha,-ginchə, -g‘incha qo‘shimchalarini qo‘shib bəllə gəlinchə shundədur. 4. -gəni, -g‘anы qo‘shimchalari bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma‘nosini ifodalaydi: oqыg‘ anы kеtti, oynag‘ anы kedi. 5. -gəli,-kəli,-g‘ alы,-qalы bilan payt ravish yasaladi: oquvg‘ a kеtkəli ush yol oldы. Seminar uchun guruhlarda ishlash uchun tavsiya: O‘zgarishlar alifbesi. Ta’rifi. Talabalar 5-7 kishidan iborat guruhlarda ish olib borishlari mumkin. Shunda har bir guruhga alifbening ko‘proq harflari to‘g‘ri keladi. Juftliklarda ishlash mumkin, juftliklar soniga muvofiq, alifbe tuzish uchun harflar soni ham kamayadi. Talabalarga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini tahlil qilib chiqish va o‘zgarishlar alifbesini tuzish taklif etiladi. Bu o‘ziga xos alifbe – so‘zlar alifbe bo‘yicha tanlanadi, harakatlarni esa talabalar o‘z bilimlari va tajribalariga asoslanib nomlaydilar va ta’riflaydilar. Masalan, “20 asr boshlaridagi O‘zbekiston madaniyati” mavzusi o‘rganiladi. A harfiga keladigan birinchi so‘z – bu analiz, ya’ni tahlil. Bolalar tahlil (tahlil o‘tkazish) bu nima ekanligini izohlaydilar. B harfiga buduщee, ya’ni kelajak so‘zi keladi. (Bizning bugungi kunimiz va kelajagimiz 20 asr boshlaridagi O‘zbekiston madaniyatiga bog‘liqmi? Qanday qilib?). V harfi – vera, ya’ni ishonch. (O‘zbekistonda madaniyat sohasida yaratilgan milliy an’analarimizni saqlab qolishimiz uchun biz nimaga ishonishimiz kerak?) va sh.o‘. So‘zlarni va ularning izohlarini bolalar mustaqil ravishda o‘ylab topadilar. Muhokama. Alifbeni tuzish qiyin bo‘ldimi? Nima uchun? O‘zgarishlarga erishish qiyinmi? Bu qiyinchilik nimadan iborat? Bizdagi o‘zgarishlarning muvaffaqiyati nimalarga bog‘liq? Foydalanish doiralari. Har bir o‘quv fanida topshiriqni ma’lum o‘quv mavzusiga va talabalarning yoshiga muvofiqlashtirish vaqtida. Afzalliklari. Orttirilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, vaziyatni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, o‘z kuchlariga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Ijodiy fikrlash, o‘z fikrlarini aniq ifodalash va bayon etish qobiliyatini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. O‘qituvchi guruhlar uchun topshiriqlarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. O‘z fikrlarini oldindan aniq ifodalash va doskaga yozib qo‘yish lozim. Muhokama qilish va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 1.Ko‘plik affiksining adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarini aytib bera olasizmi ? 2.Egalik affislaridagi adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarni aytib bering ? 3.Shevada turlovchi qo‘shimchalarining qo‘llanish doirasini ko‘rsatib bering ? 4.O‘zbek shevalaridan qaysi biri to‘rt kelishikli, qaysi biri besh kelishikli holatda hisoblanadi ? Download 373.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling