Seminar mashg’ulotlari 1-seminar mashg’ulot: Tilshunoslik fanining o’rganish obekti. Tilning paydo bo’lishi


Download 46.92 Kb.
bet15/22
Sana08.01.2022
Hajmi46.92 Kb.
#236405
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
SEMINAR MASHG

Grafika. Grafika (grek. - yozilgan) harflarning yozilish shakllarini va harf bilan tovush orasidagi munosabatni o’rganadigan fandir. Harflarning yozilish shakllari, turlari, xususiyatlari, so’zlardagi o’rni va ular ifodalagan tovushlarning xususiyatlari kabi masalalar grafikaning o’rganish ob`ektidir.
Orfografiya. Ma`lum bir tilda so’zlarni to’g’ri yozish, so’zning morfematik qismlarini bir xil tizim asosida yozishga yo’naltirilgan qoidalar to’plamiga orfografiya deyiladi.

To’g’ri yozish qoidalarini ishlab chiqishda orfografiya ma`lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda orfografiyaning fonetik, fonematik yoki morfologik, tarixiy yoki an`anaviy, ideografik yoki simvolik tamoyillar qayd qilinadi. Har bir tilning orfografiyasi uchun u yoki bu tamoyil asos qilib olinadi.

Fonetik tamoyilga ko’ra talaffuzda tovush qanday eshitilsa, shunga mos keladigan harflar tizimi asosida yozilishi lozim: uyga, botqoqqa, toqqa, boqqa, terakka kabilar.

Tarixiy yoki an`anaviy tamoyilga ko’ra so’zlar hozirgi vaqtda qanday talaffuz qilinishiga qarab emas, balki tarixan qanday yozib kelinganligiga ko’ra yoziladi. O’zbek tilida taqozo, musicha so’zlari shu tamoyilga ko’ra yoziladi (taqozo, musicha kabi).

Fonematik yoki morfologik printsipga ko’ra morfemalardagi tovushlar qaysi pozitsiyada va qanday talaffuz qilinishidan qat`iy nazar, bir xil yozilishi talab qilinadi. O’zbek tilidagi o’tgan zamon fe`li yasovchi -di, ravishdosh yasovchi -ib qo’shimchalari yozilishi mana shu printsipga asoslanadi.

Ideografik yoki simvolik tamoyil so’zlarning yozilishida grammatik va leksik tomonlarni nazarda tutadi. Rus tilida yumshatish belgisi undoshlarning yumshoqligini ko’rsatish uchun ishlatiladi: mel – mel’, bit – bit’.

Simvolik tamoyil bo’yicha omonimlar ham yozuvda shartli belgilar bilan farqlanadi: atlas (mato) – atlas (gegrafik atlas), yangi (sifat) – yangi-yangi (ravish).
Orfoepiya. Muayyan adabiy tilda qabul qilingan umumiy talaffuz me`yorlarini belgilab beruvchi qoidalar to’plamiga orfoepiya deyiladi.

Orfoepiya adabiy tilda to’g’ri talaffuz etish me`yorlarini belgilaydi, so’z va uning shakllarini belgilaydigan me`yor va qoidaga muvofiq talaffuz qilishni talab etadi.

Talaffuzni me`yorlashtirish radio eshittirish, teatr, ayniqsa, o’quv yurtlaridagi o’qish-o’qitish ishlarini va umuman nutq madaniyatini taraqqiy qildirish uchun juda ham zarurdir.

Tilning yagona talaffuz me`yorlari tilning tovushlar tizimi asosida yaratiladi va talaffuzning qanday bo’lishi lozimligi bilan belgilanadi. Bunda mavjud talaffuz variantlaridan adabiy til an`analariga, tilning taraqqiyot yo’nalishiga mos keladiganlarigina tanlab olinadi. Masalan, ako-uko-aka, bala-bola, mihmon-mehmon, boravuz-borouza-boramiz.



Orfoepiya orfografiya bilan zich bog’langan. Biroq jonli talaffuz hamma vaqt ham yozuvga, yozma nutqqa teng bo’lavermaydi.

Download 46.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling