Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet42/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

INSTINKTLAR. ICHKI “U”
Agar insonni qolgan barcha jonivorlar singari tabiat farzandi deb hisoblasak, unda qolgan barcha jonivorlarga xos bo‘lgan xususiyatlar unga ham xosdir. Agar qolgan barcha jonivorlar insonga o‘xshab aqlga ega emasligini hisobga olsak, unda ular o‘rtasidagi umumiylik faqat instinktlardan iborat bo‘ladi. Ma’lumki, insonda ikkita asosiy instinkt farqlanadi: o‘z-o‘zini saqlash instinkti va nasl qoldirish instinkti, ya’ni ko‘payish instinkti. Bu instinkt o‘z navbatida yana ko‘plab boshqa instinktiv omillardan tashkil topadi. Bu ikkala instinkt o‘zaro bog‘liqdir. O‘z-o‘zini saqlash instinktiga quyidagi quyi instinktlar kiradi: ovqatlanish, o‘sish, nafas olish, harakat, ya’ni har qanday organizmning tirikligiga sabab bo‘ladigan barcha hayotiy funksiyalar. Dastavval bu omillar inson hayoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan, lekin inson aqli va tafakkurining o‘sib borishi bilan ular o‘zlarining dastlabki hayotiy muhim ahamiyatlarini yo‘qotganlar. CHunki inson bora-bora ovqat topishning yangi, qulay usullarini qidirib topa boshlagan, endi ovqat ochlikni qondirishgina emas, balki faqat insongagina xos bo‘lgan ochko‘zlikni qondirish uchun ham xizmat qila boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan ovqat topish tobora engillashib bordi va inson uni topishga tobora kamroq vaqt sarf qila boshladi.
Inson o‘ziga boshpana va boshqa moslamalar qurib oldi va o‘z hayotini imkon qadar xavfsizroq qildi. SHunday qilib o‘z-o‘zini saqlash instinkti o‘zining dastlabki ahamiyatini yo‘qotdi va birinchi o‘ringa ko‘payish instinkti, Freyd tili bilan aytganda libidochiqdi. Agressivlik, birinchi bo‘lishga intilish kabi insonga xos bo‘lgan, o‘z-o‘zini saqlash instinktiga tegishli bo‘lgan intilishlar, dialektikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra yangi sifat ko‘rinishiga, ya’ni libidoga o‘tadi. SHunday qilib, evolyusiya jarayonida inson hayotining asosiy harakatga keltiruvchi kuchi ko‘payish instinkti bo‘lib qoldi.
MEN” NAZORAT
Freyd nazariyasiga ko‘ra “U” o‘zining dastlabki quvvatini nasliy yo‘l bilan oladi, lekin parallel ravishda “Men” ham rivojlanib boradi. Inson o‘zining tabiatdagi birodarlaridan aqli bilan farq qiladi. Psixoanalizda aql sifatida “Ego” taqdim qilinadi. Instinktlar, yoki “U” faqatgina ichki to‘ldiruvchi bo‘lganliklari uchun, “U” ni suyuqlikka qiyoslash mumkin, ya’ni “U” qat’iy bir shaklda mavjud bo‘la olmaydi, agar shunday bo‘lganda bir xil instinktlarga diqqatni qaratish natijasida inson gomosapiensdan gomovulpgariusga, ya’ni hayvonga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shuning uchun “Men” yoki “Ego” instinktlarni tutib turuvchi o‘ziga xos ustki qobiq vazifasini bajaradi. Aynan shu bosqichda yangi ziddiyatlar paydo bo‘ladi, hamma narsa doimiy rivojlanishi va osoyishtalik nisbiy bo‘lganligi tufayli o‘z-o‘zidan “Men” va “U” vaqt mobaynida o‘zgarib borishadi, lekin “U” shakllanib bo‘lgan bo‘lsa, “Men” madaniy taraqqiyot jarayonida o‘sib boradi. Agar har bir predmet va xodisaning o‘z o‘rni va vaqti borligini e’tiborga olsak, o‘z-o‘zidan inson psixikasining ham umumiy tabiatda o‘z o‘rni va o‘z vaqti bor, sodda qilib aytganda, inson psixikasini o‘ziga xosxodisalar sodir bo‘ladigan hujayraga o‘xshatish mumkin. Mos ravishda hujayraning qobig‘i “Men” bo‘lsa, uning ichki mazmunini “U” tashkil qiladi. (“U” da har doim turli xil mayda-chuyda jarayonlar bo‘lib turadi). Vaqt mobaynida hujayra rivojlanib borishi kerak, lekin agar uning ichki mazmuni “U” shakllanib bo‘lgan bo‘lsa va uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgarishlarga uchrasa, uning ustki qobig‘i madaniyatning o‘sib borishi bilan birga o‘sib, qalinlashib boradi. Qobiq tashqariga qarab o‘solmaydi, chunki u erda joylarni boshqa hujayralar, individiumlar (odamlar) egallab olishgan, demak u faqat ichkariga qarab o‘sishi mumkin, bunda esa tobora hujayraning ichki mazmuni “U” ni siqib borishi kerak. Nihoyat bunday siqilish natijasida hujayraning ichidagi bosim shu qadar kuchayadiki, “U”, ichki mazmun tashqi qobiqni yorib o‘tishga harakat qiladi. Aynan ana shu ichki ziddiyat psixoseksual “U” bilan nazorat qiluvchi “Men” o‘rtasidagi asosiy qarama-qarshilik hisoblanadi.
Madaniyatning rivojlanib borishi bilan insoniyatning o‘z muhitida tobora ko‘proq nevrozlarga duch kelishi tasodifiy hol emas. Lekin asosiy muammo shundaki, inson o‘z ichidagi ziddiyatni anglab etmaydi. Freyd nevrotik simptomlar mazmunini psixoanalitik deshifrofka qilish orqali inson tomonidan o‘z ichki konkrekt mayllarini anglashni psixik salomatlikni tiklashning asosi deb bilgan. Sodda qilib aytganda psixoanaliz yordamida psixikada bosim kuchaygan va o‘sma paydo bo‘lgan joylar aniqlanadi. Bu joyni aniqlash va paydo bo‘lgan ziddiyatni bartaraf qilish orqali insonning psixik salomatligi tiklanadi.
YUQORI-MEN” SISTEMASI
Endi “Super-Ego” yoki “Yuqori-Men” sistemasini ko‘rib chiqamiz. “Yuqori-Men” inson psixikasining ajralmas qismidir. Inson jamiyatda yashar ekan, jamiyat insonga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi mulohazamizga qaytamiz. Agar inson alohida sistema yoki hujayra bo‘lsa, demak u alohida yashay olmaydi (organizmdan alohida hujayrani ajratib bo‘lmaydi). Bu hujayralar to‘qimani (obrazli qilib aytganda odamlarning kichik guruhlarini), to‘qima esa o‘z navbatida organni (ya’ni, nisbatan kattaroq guruhlarni)tashkil qiladi, organlar esa katta, bir butun organizmni (jamiyatni) tashkil qiladi. Ana shu hujayralar tashqi qobiqlari “Men” lar bir-biri bilan bog‘langan. Aynan ana shu “Men” lar to‘plami “Yuqori-Men” ni tashkil qiladi. Aytish mumkinki, “Yuqori-Men” hamma ijtimoiy munosabatlar (inson xulqini nazorat qiladigan ijtimoiy munosabatlar) to‘plamidan iborat.
EDIP KOMPLEKSI” VA TOTEMIZMNING BOSHLANISHI
Endi “Men”, “U” va “Yuqori-Men” ning o‘zaro birgalikda faoliyatini tajribada ko‘rib chiqamiz. (konkret misolda ko‘ramiz). Odamlar qadimdan insest (qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh) avlodga salbiy ta’sir qilishini sezishgan. Genotipni toza saqlash va insoniyat evolyusiyasini ta’minlash uchun insest din, qonun yo‘li bilan ta’qiqlangan. Bu ta’qiqlovchi ustanovkani “Yuqori-Men” yoki barcha ongli parametrlar to‘plami beradi. “Men” jamiyatning bu talabiga bo‘ysunib o‘zining insestuoz,qarindosh-urug‘lariga nisbatan jinsiy mayllarini jilovlaydi. Biroq, bolaning seksual mayllari ilk yoshlik davrlarida yaqinlariga, birinchi navbatda onasiga yo‘naltiriladi, chunki ona boshqalarga nisbatan unga yaqin inson hisoblanadi, ya’ni aytish mumkinki, ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz, ongsiz “U” ijtimoiy axloq tomonidan bostiriladigan insestual shart-sharoitni yaratadi. Mana shu erda vaqt yoki “yosh” o‘tishi bilan hal qilinadigan yoki “edip kompleksi”ga aylanadigan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich stadiyada bola otasini o‘z raqibi deb bilganligi uchun unda otaning totalitar rejimini ag‘darish yoki uni bartaraf qilish istagi paydo bo‘ladi. Freydning umumlashgan nazariyasiga ko‘ra, aytish, aniqrog‘i taxmin qilish mumkinki, qadimda poligam jamoada bolalar otaning cheklanmagan hokimiyatiga qarshi isyon ko‘tarishgan. Til biriktirib uni o‘ldirishgan. Keyinchalik o‘z qotilliklarining mazmunini tushunib, o‘zlari bilan ham shunday xodisa sodir bo‘lishi mumkinligini o‘ylab qo‘rqib ketishgan. SHunda ularning har biri o‘z ta’sir doiralarini bo‘lib olib, har biri o‘z oilasida o‘lik otaning avtoritar hokimiyatini o‘rnatgan (ilohiylashtirgan), ya’ni otani totalitarizmning ramziga aylantirishgan. Ularning bolalari o‘z otalarini emas, balki o‘lik bobolarini despotizmda ayblashgan. Keyinroq qabilalarda ota ramzini har xil hayvonlar almashtirgan. Shunday qilib, dastlabki dinlardan biri bo‘lgan totemizm kelib chiqqan.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling