Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va
ularning o’zaro bog’liqligi
Ilmiy psixologiya nimani o’rganadi, avvalo, psixik hayotning konkret faktlari nazarida tug’iladi, psixik xayotga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham sifat jihatdan xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan psixologiya fani insonning tevarak atrofdagi narsalarni idrok qilish jarayonini tekshirib, juda muhim, aniqlashni idrok sharoitlari o’zgarib tursa ham, idrok qilingan predmetning inson ongidagi obrazi nisbatan o’zgarmay qolaverar ekan. Masalan, ushbu satrlar bitilgan sahifa yorug’ quyosh nurida ham qorong’ilikda ham, elektr bilan yoritilgan joyda ham qog’ozdan sinib qaytuvchi nurlarning fizikaviy xarakteristikasi garchand har xil yoritilish chog’ida shu qadar xilma-xil bo’lishiga qaramay, oq shaklida idrok qilinaveradi. Mazkur holatda tasavvurimizda psixologik faktning sifat xarakteristikasi hosil bo’ladi. Psixologik faktning miqdoriy xarakteristkasiga misol bo’lib muayyan bir kishining ta’sir ko’rsatuvchi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish vaqtini o’lchovi qilishi mumkin (agar sinovdan o’tkazilayotgan kishiga lampochkaning yonishiga javoban tugmachani iloji boricha tezroq bosish tavsiya etiladigan bo’lsa, birining ta’sirlanish tezligi 200 millisekund, boshqasiniki esa 150 millisekund, ya’niy ancha tezroq bo’lishi mumkin). Ta’sirlanish tezligini ekserimentda kuzatiladigan individual farklari ilmiy tadqiqotda aniqlanadigan psixologik faktlar hisoblanadi. Ular sinovdan o’tayotgan turli kishilar psixikasining ba’zi bir xususiyatlarini miqdoriy jixatdan baholashga imkon beradi. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o’tishni muqarrar talab qiladi. Keyingisi ana shu hodisalar bo’ysunadigan qonunlar mohiyatining ochib berilishini taqazo etadi. Shuning uchun xam psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiyada o’rganiladigan predmet bo’lib yuzaga chiqadi. Jumladan, ba’zi bir psixologik faktlarning yuzaga kelishida har gal buning uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi muqarrar, ya’niy qonuniyatli bo’lishi kuzatiladi, Masalan, idrok etishning yuqorida keltirilgan nisbiy barqarorligi qonuniyatli xarakterga egaki, bunda faqat rangni idrok etishgina emas, balki narsani katta-kichikligi va shaklini idrok etish ham barqarordir. Maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, idrokning barqarorligi kishida avval boshdanoq, ya’niy tug’ilishi bilanoq mavjud bo’lgan emas. U asta-sekin bilan, qat’iy qonunlarga binoan shakllana boradi, Agar idrok barqarorligi mavjud bo’lmaganda, kishi tashqi muhitda mo’ljalni to’g’ri ola bilmasdi- tevarak-atrofidagi narsalarga nisbatan uning holati salgina o’zgarishi bilan ko’z o’ngida turgan olamning manrzarasi keskin o’zgarib ketaverardi. Qonuniyatli aloqalarni bilishning birgina o’zi qonuniyatning namoyon bo’lishi uchun vosita hisoblangan konkret mexanizmlarni tushuntirib bera olmaydi. Sh uning uchun psixologiyaning vazifasi psixologik faktlar va qonuniyatlarni o’rganish bilan bir qatorda psixik faoliyatning mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik aparatlarning ishlashini taqozo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va haraktini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. Psixikaning asosiy funktsiyalari- Aks ettirish va xulq va faoliyat nazorati Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) obyektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2) shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3) doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 4) Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi. Psixologiyaning fan sifatida shakllanishi Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko’rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko’r-ko’rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm so’zi -anima "jon" degan ma'noni anglatadi. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta'kidlangan. Platonning "ideyalar tug’ma bo’ladi" degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Platon ta'limotiga ko’ra "ideyalar" mohiyati abadiy va o’zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi. Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so’zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma'noni anglatadi. Dualizm ta'limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan 10 rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelish bosqichlari quyidagi jadvalda o’z aksini topgan. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling