1- bosqich.
Psixologiya ruh haqidagi fan (er.av VI asr – eramizning XVI asr.)1
Ruh haqidagi ta’limotlarni har bir olim o‘z ta’limotlarini aytib o‘tishga harakat qilgan. Birlamchi tushunchalar animistik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni har bir predmetning o‘z qalbi bor deb e’tirof etilgan. Ruhning har bir predmetda mavjudligini harakat va ko‘rinishda aks ettirilganini kuzatganlar. Arastu barcha organik jarayonlarda psixik jarayonlar aks etgan deb aytib o‘tgan. O‘simliklar dunyosi va hayvonot olamiga ruh ta’limotini kiritgan . [D.Myers].
So‘ngra psixika haqida ikki qarama-qarshi qarashlar paydo bo‘lgan: materialistik (Demokrit) va idealistik (Aflotun). Demokritning fikriga ko‘ra psixika o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy xisoblanadi, ruhning holati kichik atomlardan tashkil topgan, atomlar jismoniy tanada aks etgandlir. Dunyoni bilish psixikani tashqi dunyo va organizmning aloqalaridan tarkib topgandir.
Aflotunning fikriga ko‘ra ruh mukammal hisoblanadi. Dunyoni anglash esa mukammal ruhni g‘oyalar dunyosidan anglashdan iboratdir, ruh inson tanasiga tushmasdan oldin ham rivojlanadi. Shuningdek faylasuf intellekt va xarakter irsiy jihatdan nasldan naslga meros bo‘lib o‘tadi.
Djonn Lokk esa o‘z davrida yuqoridagi fikrga qarshi o‘laroq tug‘malilikni inkor etgan va barcha xususiyatlar faqatgina tajribaga bog‘liq deb hisoblagan.
2- bosqich.
Psixologiya ong haqidagi ta’limotdir (XVII-XIX asrlar).
Psixologiya ong ta’limoti ortida rivojlanishi psixologiya faniga eksperimental usullarni kirib kelishi.
R.Dekartning fikriga ko‘ra hayvonlarning ruhi yo‘q degan tushunchlarni aytib o‘tganlar. Ularning xatti-harakat formalari reflekslar deb ataladi. Uning fikriga ko‘raongni paydo bo‘lishi va tafakkurning rivojlanishi ichki nutq orqali shakllanar ekan. D.Lokkning fikriga ko‘ra ong insonnning xissiyotlarini orasiga yashiringandir, u ongni atomik tarzda tahlil qilish usulini qo‘llagan, bunga ko‘ra psixik holatlar birlamchi holatlar sifatida e’tirof etilgan .
XVII asrda ingliz olimlari T.Gobbs, D.Gartli determinantlik tamoyillarini ishlab chiqishgan, ular P.Golbax va inson psixikasini ijtimoiy g‘oyalarini rivojlantirishga harakat qilishgan.
1879 – yilda psixologiya mustaqil fan sifatida shakllangan, bunda Vilgelm Vundtning eksperimental psixologiya laborotoriyasini paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |