Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyaning tabiatshunoslik
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, hozirgi kunga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan, murakkab texnikani boshqaruvchi inson muammosini yechishda, ikkinchi tomondan psixik holatni murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotiga bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan muloqot qilayotgan shaxs faoliyatini yanada takomil-lashtirish va uning imkoniyatlariga mosligi masalasi ham ana shu hamkorlikda qilinishi lozim bo’lgan masalalardir. Ayniqsa, mustaqil O’zbekiston uchun murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini biladigan, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini ta'minlash qanchalik dolzarb bo’lsa, ana shu texnikaga qar bir oddiy fuqaro ongi, tafakkuri va qobiliyatlarini moslashtirish va odam-mashina dialogining eng samarali yo’llarini izlab topish juda muhim. Texnika bilan bemalol "tillashadigan" malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ham texnika fani pedagogika va psixologiya fanlari metodlaridan foydalana olsagina muvaffaqiyatga erishadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi XX asrning yangiliklaridan bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong ham iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fanga xizmat qiladi.
Psixologiyaning tabiatshunoslik bilan aloqasining tobora mustahkamlanishiga quyidagi omil asosiy sabab bo’lgan. Bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan edi. Eksperiment metodining G.Fexner tomonidan fanga joriy etilganligi ana shu jumladan bo’lib, bu I. M. Sechenovning "Bosh miya reflekslari kitobi bosmadan chiqqanidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi. Bu kitobda psixik hodisalar ham xuddi odam organizmining boshqa barcha funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv sistemasining reflektor aks etishi faoliyati natijasi ekanligi ko’rsatib berilgan edi. I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy negizini tashkil etadi. Bu nazariya keyinchalik I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta'limotida uning shogirdlari L.A.Orbeli P.K.Anoxin K.M.Bikov, N.I.Krasnogorskiylarning asarlarida, shuningdek, A.A.Uxtomskiy N.A.Bernshteyn I.S.Beritashvili va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantiriladi. hozirgi paytda psixologiya fanining tabiiy-ilmiy jihatdan bu xilda asoslanganligi olimlar tomonidan miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlari o’rganilayotganligi hisobiga tobora kuchaytirilmoqda. Shu tariqa psixik faoliyatning murakkab fiziologik mexanizmlari tizimini tadqiq qilish borasidagi yutuqlar psixologiya bilan tabiatshunoslik o’rtasidagi aloqalarning aniq natijasi qsifatida yuz beradi. Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda buyuk tabiatshunos Ch.Darvin tomonidan 1859 yilda yozilgan "Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi to’g’risida yoki yashash uchun kurashda qulaylikka ega bo’lgan turlarning saqlanishi" kitobida bayon etilgan evolyusion g’oyalari juda katta ta'sir ko’rsatadi. Bu g’oyalar jonli mavjudotlar muhitning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashish jarayonida psixikaning rolini aniqlash, psixik faoliyatning oliy shakllari quyi ancha sodda shakllaridan kelib chiqqanligini anglash imkonini beradi. Ch.Darvin butun jonzotning evolyusion g’oyasini hayvonlarda sezgining paydo bo’lishiga nisbatan qo’llashga muvaffaq bo’ladi. U biologik rivojlanish jarayonida tananing tuzilishidagi va uning ayrim a'zolaridagi o’zgarishlarga olib keladigan o’sha asosiy omillarni ko’rsatib beradiki, bu filogenezdagi psixik taraqqiyotning kuchlari bo’lib hisoblanadi. Psixologiyada Ch.Darvinning hayvonlar psixikasining evolyusiyasi haqidagi g’oyalari ko’pgina olimlarning va eng avvalo A.N.Seversov bilan V.A.Vangerning ilmiy ishlarida rivojlantirildi. Bu hayvonlar psixik faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib 44 chiqishidan boshlab tadqiq etish imkonini beradi. A.N.Seversovning tasdiqlashicha, hayvonlarda organizmlar tuzilishi o’zgarmagan holda faqat ularning xatti-harakatini o’zgartirish yo’li bilan muhitga moslashtirishning evolyusiyasi bir-biriga qo’shilmaydigan ikki yo’ldan borgan va hayvonot olamining ikkita tipida o’zining yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan. Bug’imoyoqlilar turida xatti-harakatning irsiy o’zgarishlari jadal tarzda evolyusiyalasha boshladi, ularning yuksak taraqqiy etgan vakillari bo’lgan hashoratlarda esa hayot tarzining barcha ikir-chikirlariga moslashgan g’oyat murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab va mukammal apparati ayni chog’da o’ta qoloq hamdir, hayvonlar muhitning tez o’zgarishlariga moslasha olmaydilar. Xordalilar turida evolyusiya boshqa yo’ldan boradi, instinktiv faoliyat juda katta yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-harakatni individual tarzda o’zgartirish orqali moslashuv jadalroq rivojlana boshladi va organizmning o’zgaruvchanligini juda ham oshirib yuboradi. Irsiy moslashuvchanlik ustida xatti-harakatning individual tarzda o’zgaruvchanligidan iborat ustqurma paydo bo’ladi. Shunday qilib, evolyusion ta'limot xulq-atvorning irsiyat bilan programmalashtirilgan instinktiv shakllarining ham hayot kechirish davomida shartli reflekslar murakkab tizimining paydo bo’lishi natijasida orttiriladigan shakllarining ham kelib chiqishini tushuntirib berish imkonini tug’diradi. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling