Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:
a) ta'lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;
Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;
v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog’liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ’ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi.
Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |