4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana11.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1698562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ma\'ruza №4 (1)




4-Ma’ruza: MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR. 
Reja: 
XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan keskin va jiddiy 
vaziyat. 
5. O‘zbekistonda qatag‘onlikning yangi bosqichi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” 
nomli soxta ishlar. 
6. I.Karimovning O‘zKompartiyasi Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib 
tayinlanishi. 
7. O‘zbekistonda prezidentlik lavozimining joriy etilishi. 
8. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar.
9. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining e’lon qilinishi
10. Islom Karimov - O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
11. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari. 
Darsning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga Mustaqillikka erishish arafasida 
O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida ma’lumot berish. 
Tayanch iboralar: 
Mustaqillik deklaratsiyasi, “Mustaqil davlatlar ittifoqi 
to‘g‘risida 
shartnoma”, 
“9+1”, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti”, Islom Karimov – Mustaqil 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘li. 
XX asrning 80-yillari SSSR tarixida siyosatda keskin o‘zgarishlar yuz berdi 
Bu o‘zgarish “qayta qurish” siyoati bilan bog‘liq edi. SSSRdagi “qayta qurish” 
jarayonidan avval boshdanoq siyosiy maqsad ko‘zlangan edi. Iqtisodiy islohotlar 
esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Ko‘p o‘tmay, jadallashib borayotgan 
siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot 
o‘rtasida katta farq ko‘rinib qoldi. Bu paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan 
O‘zbekiston SSR ham qayta qurish girdobiga tortildi va uning qonuniyatlari 
amalda bo‘ldi.
Qayta qurishning birinchi bosqichida (1985-1986 yillar)asosan ma’muriy-
tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borildi. Mazkur bosqichda kun 
tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab 
chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni yuksaltirish va 
shunga muvofiq inson omilini faollashtirishdan iborat bo‘ldi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratildi. Shuning uchun 
ham 1986-yil 1-mart kuni KPSS XXVII sye’zdining KPSS Markaziy Komiteti 
siyosiy ma’ruzasi yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyada fan-texnika 
taraqqiyotini rivojlantirish masalasiga katta e’tibor berilgan edi.



Demak, qayta qurish siyosatida dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Biroq, bunday jarayonni ijtimoiy 
munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon 
bo‘ldi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar 
masalasiga alohida e’tibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning asosiy 
maqsadi esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy-buyruqbozlik va 
byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurashish turar edi. 
Ayni paytda, butun Ittifoqda bo‘lgani 
kabi 
O‘zbekistonda 
ham 
dastlab 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotda ma’lum o‘zgarishlar yuz bera 
boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi 
oshdi, 
demokratiya 
sari 
dastlabki 
qadamlar 
tashlandi, milliy o‘zlikni 
anglash jarayoni boshlandi. Ammo, tub 
o‘zgarishlar va barcha sohalarda haqiqiy 
islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi 
urinishlarzoye 
ketdi. 
Statistik 
ma’lumotlarga 
ko‘ra, 
1986-yildan 
boshlab 
mamlakat 
iqtisodiy 
ahvoli 
yanada og‘irlasha boshladi, 1987-yil 
yanvardan ishlab chiqarish sur’atlari 
keskin 
orqaga 
keta 
boshladi, 
iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga 
keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi 
shu tarzda muvafaqqiyatsizlik bilan yakun topdi. Qayta qurishning ikkinchi 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling