4-Ma’ruza: mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza №4 (1)
bosqichi (1987-1990 - yillar) jamiyatning barcha sohalarini yahlit tarzda isloh
qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Bunday vazifa kommunistik mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada aniqlik kiritild. Moskva shahrida 1987-yil 27-28 - yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari M.S.Gorbachyov «Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati to‘g‘risida» ma’ruza uyushtirdi. Unda siyosiy islohotlarning bosh maqsadi oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirish bo‘ldi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining qayta qurish haqidagi mashhur kitobida bu masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Ammo siyosiy tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Oqibatda 1990 - yil nafaqat qayta qurishning ikkinchi 3 bosqichi, balki SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosati butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi. Davlat ichida tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi. Bu quyidagi uch sabab bilan izohlanadi: birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan strategiya va taktikasi hamda yagona dasturi yo‘q edi. Ikkinchidan, kommunistik partiya rahbarlari (partokratiya) qayta qurish g‘alabasidan manfaatdor emas edi. Ular har qanday demokratiya va oshkoralik totalitar tuzumning kushandasi ekanligini yaxshi bilishardi. Uchinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Sotsializmga xos sinfiy munosabatlar, davlat mulkchiligi, milliy va ijtimoiy sohadagi siyosat yakkapartiyaviy rahbarlik, kommunistik mafkura, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan chiqisha olmas edi. Shuni aytish mumkinki, qayta qurish yuqoridan boshlandi. Mazkur jarayonning boshlanish paytida jamiyat a’zolari unga juda katta umid bog‘ladilar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ayrim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kishilarda ertangi kun va porloq kelajakka ishonch ruhini yana uyg‘otdi. Dastlabki davrda qayta qurish rahnamolari, ya’ni, yuqorining quyi bilan munosabatlarida ma’lum kelishuvchilik, xayrixohlik sezildi. Lekin, keyinchalik vaziyat butkul o‘zgardi. 1986-1987 yillardan boshlangan iqtisodiy inqirozning kuchayishi, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi o‘quvsizlik demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim yo‘lda qolib ketishi - bularning barchasi jamiyat a’zolarida qayta qurishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Qayta qurishning uchinchi yilida uning to‘liq mag‘lub bo‘lishi aniq ko‘zga tashlanib qoldi. Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o‘rniga siyosiy jabhadagi turli tadbirlar: siyosiy safsatabozlik, quruq va’dalar, so‘z bilan ish birligining yo‘qligi jamiyatdagi loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o‘rnini sustkashlik, davlat va firqa siyosatiga ishonmaslik, befarqlik va sovuqqonlik egalladi. Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. Buning ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda respub- lika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning kuchayi-shiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi. Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demokratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishi tusini oldi. Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga, bunday jarayonlarni madaniy shaklda xalqaro andozalar asosida olib borish imkoni bo‘lmadi. 4 Buning ustiga Ittifoqqa nisbatan O‘zbekistonda respub- lika rahbariyati demokratiya va oshkoralikning kuchayi-shiga turli to‘siqlar qo‘ydi. Bunga ko‘proq kommunistik mafkuraning yakkahokimligi, ma’muriy- buyruqbozlik tizimi asoratlari ta’sir qilar edi. Natijada tom ma’nodagi oshkoralikka erishib bo‘lmadi, demok- ratiya esa amalda navbatdagi siyosiy o‘yinlar ko‘rinishi tusini oldi. Fikrlar xilma-xilligining turli ko‘rinishlari esa yuqorining siyosiy va g‘oyaviy masalalarda hurfikrlilik va demokratiyani ta’qib etishi asnosida yuz berdi. Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteta rahbariyati Markazdan qochish, uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lidan bordi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitet birinchi kotiblari I.Usmonxo‘jaev va R.Nishonovda qat’iy jur’at, Ittifoq doirasida respublikaning tutgan o‘rnini ochiq- oydin aytish uchun jasorat yetishmadi. Aksincha, bu rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari Markaz vazifalarini tezroq uddalash, respublikaning Ittifoqqa boqimanda ekanligi to‘g‘risidagi soxta fikrlarni tasdiqlash va takrorlashdan nariga o‘ta olmadilar. Ijtimoiy va ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi in- ternatsionalizm mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urunildi. Bu narsa o‘zbek tiliga munosabat, islom dini, milliy urf-odatlar, an’analar va diniy marosimlar, xususan, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol sezilib qoldi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling