Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet48/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

Toifalash jadvali
1-variant

Shaxs

Inson

Individ

Individuallik















Toifalash jadvali
2-variant

Shaxs e’tiqodi

Shaxs dunyoqarashi

Shaxs qiziqishi

Shaxs yo’nalganligi















FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

Savol

Individ va shaxs




F-fikringizni bayon eting







S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating







M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring







U- fikringizni umumlashtiring









FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

Savol

Individuallik




F-fikringizni bayon eting







S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating







M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring







U- fikringizni umumlashtiring









MAVZU: 11
SHAXSGA NISBATAN EVOLUTSION TARIXIY VA TIZIMLI YONDASHUV. MUHIT, SHAXS RIVOJLANISHI. HAYOT TARZI, INSONLARNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI, HAMKORLIK FAOLIYATI - SHAXS RIVOJLANISHINING ASOSLARI
Reja:

  1. Shaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.

  2. shaxsga nisbatan evolutsion tarixiy va tizimli yondashuv.

  3. shaxs rivojlanishining asoslari.

1920-1930 yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasining asosi ishlab chiqilgan. Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurmagan bo’lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish haqida umumiy tushuncha yoritilgan edi. Keyinchalik, A.N.Leontev, A.R.Luriya, A.V.Zaparojets, D.B.Elkonin, L.I.Bojovich, M.I.Lisina va L.S.Vigotskiy maktabining boshqa vakillari ishlarida rivojlantirib, oydinlashtirilgan va aniqlangan. L.S.Vigotskiyning quyidagi ishlarida madaniy-tarixiy yondashuvning asosiy mazmuni yoritilgan. “Bolaning madaniy rivojlanish muammolari” (1928), “Psixologiyadagi instrumental metod” (1930), “Bola rivojlanishida vosita va belgilar” (1930), “Oliy psixik funksiyalaming rivojlanish tarixi” (1930-1931) olimning juda mashhur kitobi “Tafakkur va nutq” (1933-1934) va qator boshqalar.
L.S.Vigotskiy psixik rivojlanishga nisbatan bildirilgan an'anaviy nuqtai-nazarni baholab, assotsiativ va bixeviorizm psixologiyasiga taalluqli 3 ta asosiy qoidani ajratgan:
oliy psixik funksiyalami ulami tashkil qiluvchi tabiiy jarayonlar tomonidan o’rganish;
oliy va murakkab jarayonlardan elementargacha bilish;
xulq-atvoming madaniy rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini e'tiborga olmaslik.
U oliy psixik jarayonlami tadqiq qilishga bunday yondashuvni, uning umumiy noadekvatligini ko’rsatib, “atomistik” deb atagan. L.S.Vigotskiy an'anaviy yondashuvni tanqid qilib, shunday yozadi: “Bolalar psixologiyasiga oliy psixik funksiyalar rivojlanishi tushunchasini o’zi begona, u bolaning psixik rivojlanishi tushunchasini bolaning organik yetilish funksiyasi sifatida, miya rivojlanishidan bevosita bog‘liqlikda keluvchi, elementar funksiyalami biologik rivoji bilan chegaralaydi”. L.S.Vigotskiy insonning oliy psixik funksiyalari rivojlanishini tushunish uchun, biologik bo’lmagan, boshqacha yondashuv zamrligini ta‘kidlagan. U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligini ko’rsatgan, balki bu ta‘siming aniq mexanizmini aniqlashga harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funksiyalami tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funksiyalami madaniy rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan faraz, elementar va oliy psixik funksiyalar o’rtasidagi aloqa muammolarini yangi echimini taklif etgan. Ular o’rtasidagi asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya‘ni tabiiy psixik jarayonlar inson tomonidan boshqarib bo’linmaydi, oliy psixik funksiyalami odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqarish bevosita xarakteri bilan bog‘liq, degan xulosaga keldi.
L.S.Vigotskiy eng awalo noaniqlikning bu klassik vaziyati yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o’rtasidagi tanlov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o’zgartirishga hal etish yordam beradigan vositalar nuqtai nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo’yicha, inson tomonidan tashlangan qur‘a vosita hisoblanib, uning yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o’zgartiradi va hal etadi. Inson reaksiyasi va ta'sir ko’rsatuvchi stimullar qo’zg‘atuvchilar o’rtasida bog'lovchi bo’g'in orqali qo’shimcha aloqa hosil bo’ladi — stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar bu - psixik qurol bo’lib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni emas, balki unda harakat qiluvchi sub’ektning ongini o’zgartiradi. Belgi - bu ma‘lum bir ma‘no ahamiyatga ega bo’lgan har qanday shartli belgidir, stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan yaratilgan bo’lishi mumkin bo’lgan stimul vositadan farqli ravishda masalan, ro’molchadagi tugun yoki harorat o’lchagich o’miga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kattalar bilan bo’lgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson uchun xos bo’lgan oliy psixik funksiyalaming yuzaga kelishiga ta’sir ko’rsatuvchi, bolaning psixikasi o’zgarish mexanizmi - bu psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiorizatsiyasi mexanizmidir.
Interiorizatsiya - filogenez va ontogenezda oliy psixik funksiyalar rivojlanishining fundamental asosiy qonunidir. L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalaming yuzaga kclishi va tabiati haqidagi farazi shundadir. Bolaning oliy psixik funksiyasi dastavval boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish shakli sifatida, jamoaviy xulq-atvor shakli sifatida yuzaga keladi hamda keyinchalik faqatgina interiorizatsiya yo’li orqaligina ular shaxsiy individual funksiyalarga aylanadi, yoki L.S.Vigotskiy yozganidek - bolaning madaniy rivojlanishidagi har qanday funksiya sahnada ikki marotaba, ikki \il doirada dastlab-ijtimoiy, so’ngra - psixologik, dastavval interpsixik kategoriya sifatida odamlar o’rtasida, keyin esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida puydo bo’ladi.
Masalan, agar oliy psixik funksiya sifatida ixtiyoriy diqqat haqida so’z yuritadigan bo’lsak, uning shakllanish bosqichlari ketma-ketligi quyidagicha dastlab, kattalar muloqotda bolaning diqqatini qaratadi, jalb qiladi va yo’naltiradi, asta-sekin bolaning o’zi jest, imo-ishora harakatlari va so’zlar ro’yxatini o’zlashtirib oladi, o’zgalaming va o’z diqqatini tartibga solish usullari interiorizatsiya yuz beradi. SHuningdek, nutq ham dastlab, odamlar o’rtasidagi muloqotning tashqi vositasi sifatida namoyon bo’lib, u oraliq bosqichga egotsentrik nutq o’tadi, intellektual fimksiyani bajarishni boshlaydi va asta-sekin ichki, interorizatsion psixik funksiyaga aylanadi. SHunday qilib, belgi dastlab tashqi doirada, muloqot doirasida, keyin esa ichki doiraga, ong doirasiga o’tadi. Interiorizatsiya muammosi o’sha yillardayoq fransuz ijtimoiy maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Oldindan mavjud bo’lgan va awaldan assotsiatsiyalashgan individual ongga sirtdan umumiy ongning ayrim shakllari bogianadi.
-fransuz psixologik maktablarining tasawurlari shundan iborat. L.S.Vigotskiy uchun ong faqat interiorizatsiya jarayonida shakllanadi - hech qanday na filogenetik, na ontogenetik awaldan mavjud bo’lgan asotsial ong mavjud emas. Interiorizatsiya jarayonida insoniyat ongi shakllanadi mantiqiy tafakkur, iroda, nutq kabi insoniyatga xos bo’lgan psixik jarayonlar, yuzaga keladi. Belgilar interiorizatsiyasi bolaning psixikasini shakllantiruvchi mexanizm hisoblanadi. L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalar rivojlanishi umumiy tushunchasiga bola xulq-atvorining oliy yuqori shakllarini rivojlanish jarayonini birgalikda hosil qiluvchi ikki guruh hodisani kiritgan.

  1. tafakkur va madaniy rivojlanishning tashqi vositalari sifatida til, imlo, hisob, tasvimi egallash o’zlashtirish jarayonlari;

  2. maxsus oliy psixiy funksiyalami rivojlantirish jarayonlari ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushuncha va boshqa oliy psixik funksiyalami farqlovchi belgilari asoslanganlik, ixtiyoriylik, tizimlilik, hayot mobaynida shakllanadi, namunalar interorizatsiyasi yo’li orqali hosil bo’ladi. L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlanishining ikki tarixiy bosqichlari biologik evolyutsion va madaniy tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikkita tipi sifatida ham ulami farqlash va o’ziga xos tarzda alohida qarama-qarshi qo’llashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo’l biologik va madaniy-murakkab o’zaro ta’sirda bo’ladi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni hosil qiladi. A.M. Matyushkinning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy uchun asosiy muammo va tadqiqot predmeti ikki turdagi jarayonlar chalkashligini tushunishdan, rivojlanishning har bir bosqichida ulaming aniq o’ziga xosligini kuzatishidan, har bir oliy psixik funksiyaga nisbatan va bosqichlaming har biridagi rivojlanishning yoshga bog’liq va individual tipologik ko’rinishini aniqlashdan iborat bo’lgan. L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas, balki jarayonlaming murakkab chalkashligida uning o’ziga xosligini tushunishda edi.

L.S.Vigotskiy tomonidan e'tirof etilgan ong rivojlanishi haqidagi farazga qaytib, ta'kidlab o’tamizki, ko’pgina tadqiqotchilar, uning katta ijodiy (imkoniyatlarini) potensiyalarini tan olib bu taiimotning ma‘lum bir kamchiliklarini ko’rsatib o’tganlar:
Bolaning tafakkuri rivojlanishi uchun kattalar va bolalaming aynan nutq muloqoti rolini alohida bir tik xarakter (bilish jarayonlari ko’rib chiqiladi.) daliliy maiumotlarga kam asos. Bu farazlardagi kamchiliklar va tarixiy asoslangan cheklovlami bartaraf etilishi kelgusida madaniy-tarixiy paradigmalar doirasida rus bolalar psixologiyasi rivojlanishida sodir bo’lgan. 1930-yillar oxirida Xarkov maktabi psixologlari A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, P.I.Zinchenko, P.YA.Galperin, L.I.Bojovichlar umumlashtirishni rivojlanishi asosida nutq, muloqoti emas, balki sub'ektning bevosita amaliy faoliyati etishini ko’rsatganlar. Insonning psixik rivojlanishida faoliyatning ahamiyati haqidagi tezis psixik taraqqiyot determinatsiya muammosini yangicha tahlil qilishga hamda rivojlanishning ikki omili talqin izoh chegarasini irsiy va muhit bartaraf etish imkonini berdi. Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirishi bolaning faqat faol faoliyatidagina sodir bo’lishi ko’rsatilgan. Faoliyat tushunchasining kiritilishi rivojlanish sub‘ekti faolligiga urg‘u beradi, rivojlanish muammosini sub'ektning o’ziga qaratadi. L.F.Obuxova xulosasiga ko’ra rivojlanish jarayoni bu sub‘ektning harakati bo’lib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga oshadi, irsiylik va muloqot omillari esa shaxsning individual betakrorligiga bog‘bq bo’lgan, zarur shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu yerdan rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar kategoriyasi tushunchasi yangicha izoh talqin oldi, uning asosida bolaning faoliyati, faoliyatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o’zaro aloqa, faoliyat ichidagi qarama- qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin rivojlanishning asosiy prinsipial yo’lini ushbu yosh davriga muvofiq tarzda bolalar faoliyatini tashkillashtirishni e'tirof etib, o’rgatishning, o’qitishning yetakchi roli haqidagi g‘oyani chuqurlashtirdi. Psixik rivojlanishning muhim sharti bolaning kattalar bilan muloqoti hisoblanadi. Kattalar va bolalar muloqotini rivojlantirish muammosi M.I.Lisina va uning hamkasblari diqqat markazida bo’lgan. Bola hayotining birinchi etti yilligi davomida bu jarayonlardagi bir qancha bosqichlar shuningdek, ulaming shakllanganlik mezonlari hamda u yoki bu muloqot bosqichi bilan bevosita bog‘liq bo’lgan intellekt va shaxs tuzilishidagi yangi tuzilmalar ajratilgan edi. Tadqiqot natijalari har bir yosh bosqichida kattalar bilan muloqot o’zining maxsus funksiyasini bajarishi haqida dalolat bermoqda. Kattalar bilan bo’lgan muloqotda boshqa odamlar bilan va ularga nisbatan emotsional munosabatga ehtiyoj shakllanadi, psixik jarayonlar rivojlanadi, vositali xarakterdagi predmetli harakatlami egallash sodir bo’ladi. Kattalar va bolalaming o’zaro aloqa shakllari shakllanish yo’lini bosib o’tadi.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling