Seminar mashg‘ulotlari materiallari 1-mavzu: markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o`choklaridan biri reja


Download 119 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi119 Kb.
#215409
  1   2
Bog'liq
1-semenar


SEMINAR MASHG‘ULOTLARI MATERIALLARI

1-MAVZU: MARKAZIY OSIYO - INSONIYAT SIVILIZATSIYASINING QADIMGI O`CHOKLARIDAN BIRI

REJA:

  1. O`rta Osiyoning insoniyat qadimdan yashab kelayotgan makonlardan biridir.

  2. Diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi.

  3. «Avesto» va uning Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan o`rni.




    1. Qadimda O`rta Osiyo hududida vujudga kelgan sivilizatsiya o`choqlari. Qadimgi manzilgohlar. Paleolit, mezolit, neolit, eneolit, davriga xos hususiyatlar. Olimlarning nazariy qarashlari. Manzilgohlardan topilgan topilmalar ularning o`ziga xos tarixiy ahamiyati yoritib beriladi.

    2. Diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi: Totemizm, anemizm, feteshizm haqida qarashlar. Turli xil nazariyalarni tahlil qilish. Interaktiv metodini keng qo`llash.

    3. “Aveto”ning vujudga kelish tarixiga oid ma’lumotlar Avestodagi qoidalar ezgu g‘oyalar hamda ularning ahamiyati. “Avesto” Markaziy Osiyo xalqlari to`g‘risida ma’lumot beruvchi manbalardan biri ekanligini izohlab berish. Mustaqilligimiz Sharofati ila ma’naviy boyligimiz hisoblanmish “Avesto”ning 1000 yillik yubileyini nishonlash to`g‘risidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati yoritib berilishi lozim. Komil insonni tarbiyalashda qadimgi dinimiz undagi urf-odatlar, diniy marosimlar, bayramlarimiz hamda insoniylik tamoyillari,Ekalogik tarbiya va uning ahamiyatiga alohida to`xtalib o`tiladi.

Sivilizatsiya – odamlar belgilangan qonunlarga rioya qilib yashagan shaharlar va davlatlar rivojlangan davrda moddiy va ma’naviy madaniyatning ancha yuksak darajasidir. Ilk sivilizatsiyalarga hunarmandchilik, qurilish va arxetektura, ayriboshlash va savdo-sotiqning yuqori darajasi xosdir. Ko`pgina o`lkalarda sivilazatsiya yozuv, nazariy bilimlar, adabiyot va san’at mavjud bo`lganligiga ham bog‘liqdir.

O`rta Osiyo qadim-qadimdan tabiiy boyliklari bilan dong tartgan diyor hisoblangan.4-5 ming yil ilgari O`rta Osiyo Hindiston, Eron va Old Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar olib borgan. Turli arxeologik tadqiqotlar bundan dalolat beradi. Masalan, Farg‘ona vodiysidan miloddan avvalgi II ming yillik boshlarga oid bo`lgan metall buyumlar xazinasi topilgan. Bu topilmalarga to`lqinsimon tasvirlar tushirilgan. Misdan va bronzadan ishlangan to`nag‘ichlar ham topilgan. Shu kabi sivilizatsiyalarga izoh berib o`tiladi.

Sivilizatsiya tushunchasi. O`zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. O`zbekistondagi tarixiy yodgorliklar: osori-atiqalar, ilk shahar xarobalari hamda buyuk fan va davlat arboblari, qadimgi davrlardan boshlab taraqqiy etgan ilm-fan rivojlangan sivilizatsiya beshigi ekanligi. Insonning paydo bo`lishi xususidagi qarashlar va nazariyalar. Antro-pogenez jarayoni. Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Vatanimiz odamzod ilk bor paydo bo`lgan mintaqalardan biri ekanligi. Qadimgi odamlarning turmush tarzi, mashg‘ulotlari. Ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yangicha yonda-shuvlar. Paleolit (qadimgi tosh) davri. “Ishbilarmon odamlar”, “aql idrokli odamlar”, eng qadimgi va qadimgi odamlar. Ularning mash-g‘ulotlari. Paleolit davri bosqichlari. Ilk paleolit davri odamlari, ularning makonlari: Selung‘ur, Qoratog‘, Ko`lbuloq. Fergantrop. O`rta paleolit davri odamlari va ularning makonlari: Teshiktosh, Omonqo`ton, Obirahmat, Qo`tirbuloq. Olovning kashf etilishi va uning ahamiyati. So`nggi paleolit davri odamlari yashagan makonlar: Samarqand, Xo`ja Go`r, Shug‘nov, Qorakamar. Paleolit davri ibtidoiy xo`jaligidagi o`zgarishlar. Insonlarning yaratuvchanlik faoliyati. Neandertal odami. Xozirgi ko`rinishdagi aql-idrokli odamlar (kromanonlar)ning shakllanishi. Mehnat qurollarining takomillashuvi. Urug‘chilik jamoasi - ona urug‘i jamoasining shakllanishi va uning taraqqiyoti.

Mezolit (o`rta tosh) davri. Bu davr odamlarining makonlari: Machay, Qo`shilish, Obishir. Markaziy Farg‘ona yodgorliklari. O`q-yoyning ixtiro qilinishi va uning axamiyati. Odamlarning hayvonlarni qo`lga o`rgatishi, boshoqli o`simliklarni o`stirish malakalarini o`zlashtira boshlashi. Diniy e’tiqodlar. Tasviriy san’at. Zarautsoy, Sarmishsoy, Takatosh, Teraklisoy, Nurota yodgorliklari.

Neolit (yangi tosh) davri. Joytun madaniyati. O`rta Osiyodagi dastlabki dehqonchilik manzillari. Kaltaminor madaniyati va uning bosqichlari. Markaziy Farg‘ona neolit davri yodgorliklari. Hisor madaniyati. Tosh qurollarining takomillashuvi. Chorvachilik va dehqonchilikning shakllanishi. Ishlab chiqarishga asoslangan hunarmandchilikning vujudga kelishi: kulolchilik, kemasozlik, to`qimachilik va zargarlikning rivojlanishi.

Eneolit davri. Sarazm, Anov va Zamonbobo madaniyatlari. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati markazlarining paydo bo`lishi.

Bronza davri, uning yodgorliklari: Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa, Tozabog‘yob, Amirobod, Chust madaniyatlari. Vatanimiz hududlarida o`troq dehqonchilikning rivojlanishi. Patriarxat ota urug‘i munosabatlarining yuzaga kelishi. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar. Mehnatning birinchi yirik taqsimoti. Xo`jaliklarning ixtisoslashuvi. O`troq va ko`ch-manchi aholi munosabatlari. O`rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo`lishi: Oltintepa, Sopollitepa, Jarqo`ton va boshqalar. Zardushtiylik ta’limoti, uning jahon sivilizatsiyasidagi o`rni. Yozuv madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki diniy qarashlar. O`rta Osiyo shaharlarining jahon shaharsozlik madaniyatida tutgan o`rni. “Avesto”. “Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal”. “Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi

hayotining tabiat bilan uyg‘unligi masalasi. “Avesto”ning inson ma’naviy hayotini shakllantirishdagi o`rni.




Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling