Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


Download 0.76 Mb.
bet7/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

Darsning maqsadi: A.Navoiyning “SHer va durroj” hikoyati va unda ilgari surilgan g‘oyalar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan chuqur anglanishiga erishish.
Darsning xususiy maqsadlari:
1) O‘quvchilarga “SHer va durroj” hikoyati, uning yaratilishi haqida nazariy ma’lumotlar berish;
2) O‘quvchilar tomonidan yurt ozodligi, inson erki va ularga erishish hayotiy ehtiyoj, ma’naviy zaruriyat ekanligini anglab etishiga erishish.
Dars jarayonida hal etilishi zarur bo‘lgan vazifalar:
 . O‘quvchilarga A.Navoiy hayoti va ijod, shuningdek, “SHer va durroj” hikoyati haqidagi nazariy ma’lumotlarni berish.
 O‘quvchilarning hikoyat mazmuni bilan to‘la tanishishlariga erishish.
 O‘quvchilar tomonidan hikoyatning asosiy g‘oyasi va echimi mohiyatining chuqur anglashini ta’minlash.
 O‘quvchilarda hikoyat qahramonlari (SHer, durroj)ga nisbatan munosabatini shakllantirish O‘quvchilarda hikoyatda ifodalangan hayotiy voqelik negizida o‘z aksini topgan hodisa, uni keltirib chiqaruvchi sabablar, unga barham berish yo‘llari, shuningdek yakuniy xulosa borasidagi qarashlarni qaror toptirish.
Dars shakli: aralash dars.
Darsda qo‘llanuvchi metodlar: kichik guruhlar bilan ishlash 56 metodi, savol – javob, “Klaster”, “qarorlar shajarasi” (qarorlar qabul qilish texnologiyasi), debat, qiyosiy tahlili.
Dars jihozlari: O‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf uchun mo‘ljallangan «O‘qish” darsligi, A.Navoiy portreti, “SHer va durroj” hikoyati, hikoyatdan olingan parchalar jamlangan matnlar, o‘zbek adabiyotshunoslarining shoir ijodi bo‘yicha bildirilgan fikrlari bayon etilgan lavhalar. SHer va durroj monologi yozilgan audiokasseta, agar yo‘q bo‘lsa, ushbu obrazlar o‘quvchilar tomonidan bayon etilishi, jadval, tasvir va boshqalar.
I. Darsning borishi: A.Navoiy hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy bilimlar berish. Ushbu jarayon bir yoki bir nechta o‘quvchi tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning bu boradagi faoliyatlari shoir rasmi tasvirlangan portretini tengdoshlariga havola etish, shuningdek A.Navoiy tomonidan yaratilgan “Hamsa” asari qayd etuvchi jadval yordamida olib boriladi. Kichik guruhlarda ishlash (“6x6x6”) metodi. O‘quvchilarning umumiy soni e’tibborga olingan holda ular 5 yoki 6 nafardan bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhga “SHer va durroj” hikoyatidan parcha yozilgan matn beriladi. O‘quvchilar belgilangan aqt (5 yoki 6 daqiqa) ichida ushbu matnlar bilan ishlaydilar. Har bir guruh o‘quvchilari o‘z topshiriqlar iustida ishlaydilar.
Fikrlari umumlashtiriladi. Guruh boshliqlari o‘z guruhlari fikrlarini himoya qiladilar. o‘qituvchi guruhlar ishini kuzatadi va kerakli o‘rinda yordam beradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling