Семинар мавзуси: Тарих ўқитиш методикасининг илмий педагогика фан сифатида шаклланиши Режа


Download 21.5 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi21.5 Kb.
#117077
TuriСеминар
Bog'liq
shakillanish


1 Семинар мавзуси: Тарих ўқитиш методикасининг илмий педагогика фан сифатида шаклланиши

Режа:


  1. Ўзбекистонда тарихий қўлёзма асарларининг яратилиши. Мустамлака Туркистонда тарих фани, унинг мактаб ва мадрасаларда ўқитилиши.

  2. Собиқ иттифоқ тоталитар тузуми даврида мактаблар, ўрта махсус ва олий ўқув юртларида тарих фанининг ўқитилиши таҳлили.

  3. Тарих ўқитиш методикасининг педагогик фан сифатида шаклланиши.

  4. Мустақил Ўзбекистонда тарих ўқитиш методикаси фанининг янги мазмун касб этиши ва такомиллашиб бориши.

  5. Тарих ўқитиш методикаси фанининг мақсади ва вазифалари. Унинг фанлар тизимида тутган ўрни ва бошқа фанлар билан боғлиқлиги.

JAVOB


1)O’zbekistonda tarixiy qo’lyozma asarlarning yaratilishi haqida fikr yuritar ekanmiz . Eng qadimgi davr haqida ma’lumot beruvchi arxeologik topilmalarni va shunga o’xshash bevosita bizning ajdodlarimiz haqida ma’limot beruvchi turli hududlardan topilgan bitiktoshlarni ham aytib o’tishimiz joiz deb hisoblasak bo’ladi.

Bunga eng qadimgi davr haqida ma’lumot beruvchi Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoni ta’kidlashimiz mumkin/ Asrlar davomida 0‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayoti tarixi haqidagi ma’lumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, geograflar tomonidan yozilgan asarlar haqida, xonlar, podshohlar va boshqa hukmdor- lar ko‘rsatmasiga binoan yozilgan rasmiy hujjatlarda manbalar shaklida jamlana bordi.

Xalqimizning qadim tarixga ega ekanligi haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I .A. Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:— «Hozir 0 ‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshik- laridan biri bolganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, oli- mu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qot- magan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqon- chilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi».

O‘rta asrlar tarixnavisligida sulolaviy tarixga bag‘ishlangan Bayhaqiyning «Tarixi Bayhaqiy», Nasaviyning «Siyrat as-Sulton Jalol ad-Din Mankburni», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Fazlulloh ibn Ro‘zbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Hofiz Tanish Buxoriy- ning «Abdullanoma», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» kabi asarlari yaratildi.Ya’qubiyning «Kitob al-buldon» («Mamlakatlar haqida kitob»), Tabariyning «Tarixi Tabariy», Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», ma’lum bir hudud tarixiga oid — mintaqa- viy uslubdagi Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» asarlarini aytib o’tishimiz mumkin.



2)Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismi XX asr 50-yillaridan — 80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida tarixni o‘rganishga kommunistik mafkura va sotsialistik tuzum g‘oya- lari ta’sirida bir tomonlama, 0‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishiga «progressiv» jarayon sifatida, mahalliy xalqlar taraqqiyotida buyuk davlatchilik shovinizmini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyillik hukm suradi.

Bu davr tarix fani sohasiga baho berar ekan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi:«Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan mahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik. «SSSR tarixi» deb atal- gan darslikda 0 ‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g‘i 3—4 sahifa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman, lom-mim deyilmasdi.

Fandagi bunday sox- takorlik, ko‘zbo‘yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yasha- yotgan oddiy fuqaro ham, maktab o‘quvchisi ham yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo‘layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o‘zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb 0‘ylayman» Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q..Bu davrda 0 ‘zbekiston tarixi yuzasidan va uning turli davrlarga oid amalga oshirilgan tarixiy tadqiqotlar va ularda yo‘l qo‘yilgan soxtakorlik, g‘ayri ilmiy xulosalar haqida so‘z yuritib, Prezident quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:«...Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. 0 ‘jarlik- ning sababi esa bitta: basharti, tan olgudek bo‘lishsa, tarixiy xu- losalari chippakka chiqadi, ilmda soxta yo‘l bilan borganlari fosh bo‘ladi»2.3. Sovet davri tarixshunosligining uchinchi qismi XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan 90-yillari boshigacha («qayta qurish» davri) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda asosan o‘zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va maqolalarda Rossiya imperiyasi tomonidan 0 ‘rta Osiyo xonliklarining bosib olinishi va mustamlakaga aylantirishi jarayonlarini manbalar va arxiv hujjatlari asosida haqqoniy va obyektiv yoritishga intilish muhim o‘rin egallaydi.

4) Uchinchi davr O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari tarixshunosligi (1991-yil 31-avgust — bugungi kunlargacha) tashkil etadi. Bu davrda amalga oshirilgan va bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar o‘zining xolisligi, tarixiyligi, ilmiyligi va masalaga obyektiv yondashuvi jihatlari bilan xususiyatlanadi.Mustaqillik davri tarixshunosligini yuqoridagilarni inobatga olgan holda ikki qismga ajratish mumkin:



Birinchi qismi - 1991-yil 31-avgust — 1998-yil 28-iyun. zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, tarix fani sohasida ham yangilanishlar amalga oshirila boshlandi. Tarixiy tadqiqotlarda nafaqat o‘zbek xonliklari tarixini, balki O’zbekiston tarixining barcha sohalarini ilmiy jihatdan obyektiv ravishda o‘rganish, tarixiylikka va xolislikka rioya etish shakllanib bordi. Bunda manbalarga va tarixiy hujjatlarga asoslangan holda tarixni yoritishga bolgan e’tibor birinchi o‘ringa ko‘tarila boshlandi. Biroq, tarixni har tomonlama mukammal ravishda tadqiq etish borasida kam- chiliklar ko'zga tashlana boshlandi.

Mustaqillik davri tarixshunosligining ikkinchi qismi — ya’ni 1998-yil 28-iyundan boshlanib, bugungi kunlarda ham davom etmoqda. Bu yillar mobaynida tarixni o‘rganishga bo‘lgan munosa- bat mazmun va mohiyat jihatdan tubdan yangilanish bosqichiga ko‘tarildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuvi hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmoni katta ahamiyat kasb etdi.«Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur. Agar olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari zamirida ana shu fikr, ana shu maqsad bo‘lmasa, ularning sariq chaqalik ahamiyati yo‘q», — degan so‘zlari bilan Birinchi Prezidentimiz tarixchilar oldiga ilmiy jihatdan asoslangan va haqqoniy tarixni yaratish vazifasini qo‘ygan edi1. Bu bilan tarixni o‘rganishning mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga yo‘l ochib berildi. Shu nuqtayi nazardan 1998-yildan boshlab bugungi kungacha yaratilgan ilmiy asarlar, risolalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarida tarixni o‘rganishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlariga katta e’tibor berilmoqda.Shu o‘rinda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Pezidenti I.A. Karimovning quyidagi so‘zlari g‘oyat o‘rinlidir: «Maqsad shuki, fanda bizning tarixiy tomirlarimizni aniqlaydigan, milliy g‘ururimizni yuksaltiradigan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi kerak.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim»2. Xalq so‘zi. 1998-yil 28-iyun.

5) Tarix o’qitish metodikasi fanining maqsad vazifalari haqida to’xtaladigan bo’lsak ushbu fan Tarix fani uchun muhim fan hisoblanib .Fanni o’rganuvchilarga xolislik asosida yoritib berish va uni dallillar asosida yoritib beradi.Shuning ushbu fan tarix fanining hozirgi kungacha bo’lgan metodlardan foydalangan holda tadqiq etadi.Undagi metodlardan tadqiqotlarda o’rganishni tadqiq etadi.Zamonaviy tarix fanida oxirgi yillarda tarixiy tadqiqotlar sohalaridan hamda ularning nazariy asoslari sohalarida yangicha yondashuvlar asosida tadqiq etadi.

Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida fikr yuritganimizda fanning asosida ko’zlangan maqsad tarixni o’qitishda metodik usullardan foydalangan holda fanni o’rganuvchilarga fanni o’rganishda ko’mak beradigan fanlar sirasiga tarixiy geografiya, arxeologiya , kabi fanlarni aytishimiz mumkin. .



Masalan;Biror tarixiy shahar mavzusini yoritish uchun uning bugungi kundagi qaysi hududga to’g’ri kelishi , uni rivojlanishiga ta’sir qilgan yo’llar, daryolar va shunga o’xshash geografik imkoniyatlarini o’rganishimiz uchun kartagrafiya yoki geografiya fani yordamida o’rganamiz.

Xulosa


Xulosa o’rnida shuni alohida takidlashimiz joizki, ushbu fan bevosita Tarix fani rivojlanishiga sabab bo’lgan dastlabki manbalardan tortib o’tgan asrda yaratilgan manbalarni ustida tadqiqot olib borish va ulardan foydalanishni , u manbalarni yoritishda tarixiy xolislik asosida yoritishni.Tarix fanini o’rganuvchilarga va ushbu fan doirasida tadqiqot olib boruvchilar yordamchi fan hisoblanishini ta’kidlashimiz joizdir.


Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling