Семинар мавзуси: Тарихий билимларни шакллантириш жараёни ва тарих дарсларини самарадорлигини ошириш йўллари


Download 18.66 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi18.66 Kb.
#115036
TuriСеминар
Bog'liq
samaradorlik


Семинар мавзуси: Тарихий билимларни шакллантириш жараёни ва тарих дарсларини самарадорлигини ошириш йўллари

Режа:

  1. Тарих ўрганишнинг асосий омиллари ва қонуний жараёнлари

  2. Тарих дарси самарадорлигини ошириш йўллари

  3. Тарих дарси самарадорлигини оширишнинг илмий-услубий ва дидактик негизлари

  4. Тарих дарслари самарадорлигини оширишда ва тарихчи педагогларни тарбиялаб етиштиришда педагогик амалиётларнинг аҳамияти

  5. Тарихий билимларни шакллантиришда тарихий фактлар, тарихий тушунча ва тасаввурларнинг ўрни.

O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi mazmunan juda boy va xilma-xildir. Tarix kursining mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida uni o’qitish va o’quvchilarning o’rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta'sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. Demak, mashg’ulotning mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun o’qituvchi bilish faoliyatini faollashtirishga ijobiy ta'sir etuvchi va umuman o’qitishning samaradorligini ta'minlovchi metodik usul va vositalarni tanlashda ham o’rganilayotgan tarixiy materialning mazmunini nazarda tutmog’i lozim. Tarix o’qitish metodikasi jarayoning tarkibiy qismlari o’rtasidagi qat'iy takrorlanadigan o’zaro aloqa va bog’lanishlarda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o’qitish jarayonini takomilllashtirishda ulardan foydalanish yo’l-yo’riqlarini ham ko’rsatib beradi.

Tarix o’qitishning samarali bo’lishida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsh muhim rol o’ynaydi. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyatining bo’lishligi juda ko’p omillarga, avvalo, mashg’ulot mazmunining g’oyaviy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo’lishiga, o’qituvchining eng muhim jonli va ishonarli tarzda ochib bera olishiga va bu voqealarni chuqurroq o’rganib olishning muhimligini o’quvchilarning tushunib olishi hamda ularda o’rganishga ishtiyoq uyg’otish bog’liqdir. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilarni mashg’ulot mazmunini o’zlashtirib borishi ustidan qilingan nazorati, o’quvchilar o’rganishini boshqara bilishi, shunigdek ularning yangi bilimlarini o’zlashtirish uchun o’zlaridagi mavjud bilim va malakalardan foydalana bilishi, ya'ni o’zlashtirilgan bilim va egallangan malakalarini aktuallashtirilishi ham muhim ahamiyatga egadir.

Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir.

Tarix o’qitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix o’qitishga bo’lgan zamonaviy talablar ham alohida qayd etiladi. Jumladan, Akademik Mirza Mahmudovning «Sovremenniy urok» (M. «Prosveheniye», 1989), P.S. Leybeshrubning «Didakticheskiye trebovaniya k uroku istorii» (M. Izd ~ vo APN RSFSR, 1960). N.G.Dayrnining «Sovremenno'e trebovaniya k uroku istorii» ( M. 1979) va boshqalar. Bu asarlar garchi bevosita tarix o’qitish masalasiga bag’ishlanmagan bo’lsada, aslida 60 – 70 – 80 – yillar sharoitida yozilgan. Lekin metodist olimlarning sho’ro jamiyatining 70 yildan ziyod davr ichida yaratgan ilmiy – uslubiy va didaktik asarlari o’sha davr xususiyatidan kelib chiqqan ba'zi kamchiliklarga qaramasdan bugungi o’z istiqloliga erishgan O’zbekiston Respublikasi maktablarida ham foydalanilib kelinmoqda. Endilikda Respublikamiz tarixchi metodist – olimlari vazifalari ana shu ulkan merosdan O’zbekiston xalqlari tarixining bugungi davri talabi asosidan ilmiy – uslubiy va didaktik yo’llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir.

Тarix kursini o’qitishda o’quvchilarning fikrlashga asoslangan malaka va ko’nikmalarini hosil qila borish vazifalari — bu, tarixiy bilimlarni mustaqil suratda topib, tizimga solib, ularni amalda tatbiq eta bilishga o’rgatish, pirovardida esa, o’quvchilarni o’tmishdagi hamda hozirgi zamondagi ijtimoiy hodisalarga nisbatan ilmiy nuqtai nazardai yondoshishga o’rgatish demakdir

Ma'lumki, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining mazmunini ayrim aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o’quvchilarga ijtimoiy hayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilim beradi, ularning aqli, o’yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta'sir ko’rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun o’tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g’oyat kattadir. Obrazli tasavvurlar o’quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi. Shunday qilib, o’tmishning hayotiy voqealari haqidagi obrazli tasavvurlar o’quvchilar olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo’lib xizmat qiladi. Ana shu asosda o’quvchilarda obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiytarixiy matnlarni o’qib berishi va o’qitishning boshqa usullaridan foydalanishi, shuningdek uning obrazli bayoni va suratlar asosida o’quvchilarning ham hikoya qilib berishi, insho yozishi kabi o’rganish usullari bir guruhni hosil qiladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursida ta'lim-tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo’lgan, keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqari, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar, voqeaning sodir bo’lgan yili, joyining nomi va statistik ma'lumotlar ham beriladi.

Ular juda qisqa, ba'zan ma'lumotnoma shaklida bo’lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, o’quvchilar xotirasida saqlab qolinishi kerak bo’lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandi

Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha o’quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o’quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi.

Adabiyotlar



1. U.Jo`rayev. 7-sinf Jaxon tarixidan o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.-T.: 2000.
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling